Ijara bitimida javobgarlik masalalari va fiqhiy yechimlari
Manfaatlar ijarasida ijaraga berilgan obyekt ustidagi ijarachining qo‘li omonat qo‘li deya e’tibor qilinadi. Binobarin, mol (ijara obyekti) uning qo‘lida bo‘lgan paytda buzilsa, ishdan chiqsa va hokazo bo‘lsa, ijarachi uning qiymatinito‘lab berishga mas’ul bo‘lmaydi. Ammo, molni ishlatishda haddan oshganligi, yo saqlashda kamchilikka yo‘l qo‘yganligi, ishlatishqoidalariga beparvo bo‘lganligi tufayli buzilsa, unda qiymatini to‘laydi. jarachi ijara molidanfoydalanishda bitimda ko’rsatilgan, unda shartlashilgan va u turdagi narsalardan foydalanishdagi urfda joriy bo‘lgan qonun-qoidalarga rioya qilishi lozim. Mazkur narsalarga rioya qilinmaganligi tufayli mol ishdan chiqsa, yuqoridaaytilganidek, uning badaliniijara oluvchi emas, ijarachito‘laydi.
Avvalroq o‘rganganimizdek, yollanuvchi ishchilar ikki turga bo‘linadi xos ishchi va mushtarak (umumiy) ishchi. Xos ishchi deganda garchi har doim ishlamasa ham o‘zini ma’lum muddat mobaynidaish uchun topshirganligi uchun ujra oladigan kishi nazarda tutiladi. Masalan, korxona xodimi. U har oy korxonaishi uchun o‘ziniband qilganligi tufaylimaosh oladi. Lekin,ish har kuni uning uchun bir xilda bo‘lmasligi mumkin. Hatto ba’zi kunlari qandaydir texnik sabablar tufayliumuman ishlamasligi ham mumkin. Lekin, baribir korxonadao‘tgan vaqti uchun ujra olaveradi. Uydagi xizmatchilar, do‘kondagi sotuvchi va hokazolar ham xos yollanuvchilar sirasiga kiradi. Xullas, xos yollanuvchi barcha fiqhiy mazhab imomlari ittifoqiga ko‘ra, ishlashuchun o‘ziga topshirilgan ashyoga yetgan talafotuchun to‘lab berishga mas’ul bo‘lmaydi. Zero uning qo‘li xuddi vakil va muzorib[1] kabi omonatdorlik qo‘li deb hisoblanadi. Demak, ishlashga topshirilgan ashyo ish asnosida yoki uning qo‘lidaligi vaqtida u tomondan biron haddan oshish, yoki loqaydliksodir bo‘lmagan holatda buzilsa, u to‘lab berishga mas’ul bo‘lmaydi.
Mushtarak yollanuvchi deganda hamma uchun ishlayveradigan kishi, yoki muddatga o‘zini topshirganligi tufayli emas, balki, qilgan amali orqali ujraga sazovorbo‘ladigan ishchi nazardatutiladi. Masalan, hunarmand, kiyim bo‘yab beruvchi, tikuvchi kabilar shu jumlasidandir. Bu turdagi yollanuvchining to‘lovi borasida ulamolar turlicha qarashdalar. Jumladan, Abu Hanifa, Zufar, Hasan ibn Ziyod (rahmatullohi alayhim) va hanbaliylarga ko‘ra hamda Shofe’iydan rivoyat qilingan ikki xil qavlning sahihrog‘iga ko‘ra mushtarak yollanuvchining qo‘li ham xuddi xos yollanuvchi kabi omonat qo‘li deb e’tiborga olinadi va binobarin, haddan oshish va loqaydlikro‘y bermagan holatdabuzilgan ashyo uchun javobgar bo‘lmaydi. Ular quyidagi oyati karimani o‘z fikrlari uchun dalil qiladilar:
Ma’nosi: “Bas, u holda zolimlardan boshqaga nisbatan adovat qilishlik (Islomda) yo‘q”[2]. Oyatdan, zolim bo‘lmagan kishilarga qarshi adovat qilmaslikkerakligi tushuniladi. Mazkur vaziyatda bu turdagi yollanuvchidan ham haddan oshish, boshqacha ibora bilan aytganda,zulm sodir bo‘lmagan. Boz ustiga,ashyoni tasarruf qilish uchun unga izn berilgan edi, molning nobud bo‘lishida esa u sababchiemas[3].
Ammo, Sohibayn va Imom Ahmad boshqa bir rivoyatda mushtarakyollanuvchining qo‘li kafolat qo‘lidir, binobarin, u o‘z qo‘lidaligi paytida ishdan chiqqan ashyo uchun - garchi u tomondanhech qanday tajovuzyoxud loqaydlik sodir bo‘lmagan bo‘lsa ham - zomin ya’ni kafil bo‘ladi deydilar[4]. Faqatgina, umumiy yong‘in, yoki umumiy suv bosish kabi holatlar tufayli ashyo nobud bo‘lsagina u javobgar bo‘lmaydi[5]. Ular bu fikrlariga quyidagi hadis va asarlarnidalil qilib keltirishadi:
“Qo‘l o‘zi olgan narsasiga javobgarbo‘ladi, toki (o‘sha narsani) egasigatopshirmaguncha”[6]. Hazrat Ali (raziyallohu anhu bo‘yovchi va zargarlarni ijaragaberilgan ashyoga talofat yetgan holatda to‘lovdorqilardilar va “Shundayqilinmasa odamlar ahvoli o‘nglanmaydi”, der edilar. Shuningdek, Hazrati Umar (raziyallohu anhu) ham xalq mulkini himoya qilish yuzasidanmushtarak yollanuvchini ishdan chiqarilgan molga javobgar deb e’tibor qiluvchifarmon chiqarganlari naql qilinadi. Masalan, u kishi bo‘yoqchini (kiyimni buzib qo‘ygani uchun) javobgar qilganlar. Hazrat Ali va Qozi Shurayhlar ham mushtarak ishchini qo‘lidagi birovning omonatiuchun javobgar qilishgan[7]. Bag‘dodiy aytadi: Bugungi kunimizda odamlarning ahvoli o‘zgarib ketganligi bois, Sohibayn qavli bilan fatvo beriladi, shunda odamlarning mol-mulklari ham himoyaga olingan bo‘ladi[8].
Ijara masalasida yana bir muhim jihat bu ujra-to‘lovlar masalasidir. Ujra bu - ijarachio‘zi qo‘lga kiritadigan manfaat muqobilida ijara beruvchi yoki yollanuvchi ishchiga beradigan to‘lovdir. Savdoda qiymat bo‘lishga yaroqli bo‘lgan barcha narsa ijara to‘lovi uchun ham qiymat bo‘la oladi[9]. Ujraga oid shartlar ikkitadir:
- Ish yoki manfaat uchun beriladigan ujraning aniq va ma’lum bo‘lishi va shar’iy qiymatga ega bo‘lishi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar:
“Kimki, biron ajiyrniish uchun yollasa,bas, unga o‘z haqqini bildirsin!”.
Aniqlik va ma’lumlik yoki ishora bilan, yoki belgilash bilan yoki og‘zaki bayon qilish orqali hosil bo‘ladi[10]. Ujraning ma’lum bo‘lishi haqidagi shartdan quyidagi ayrim masalalar kelib chiqadi: Agar bir kishi boshqa bir shaxsni ma’lum haq evaziga va uni taomlantirish bilan ham ijaraga olsa, yoki biron ulovni ma’lum haq bilan hamda yemini yedirish evaziga ijaraga olsa, ijara joiz bo‘lmaydi. Chunki, bunda taom ham ujraga aylanadi. Taomlanish miqdori esa noma’lum. Lekin, molikiylar bu narsalarni odamlarichida urfga aylangani uchun joiz sanaganlar.
Agar bir kishi o‘z bolasini emizish va qarash uchun yeb-ichish va kiyinishlari ham ichida bo‘lgan ujra bilan enaga yollasa, sohibayn va shofe’iylar aytganlaridek qiyos buning nojoizligini taqozo qiladi. Chunki, bu holatda taomlantirish va kiyintirishdan iborat ujra miqdori noaniq bo‘lib qoladi. Biroq, Abu Hanifa (rahmatullohi alayhi) nassga binoan bu o‘rinda istehsonga ko‘ra joiz qildilar. U ham bo‘lsa, Alloh taoloning quyidagi so‘zidir: “Agar bolalaringizni (begona ayolga) emizdirmoqchi bo‘lsangiz, haqqini me’yorida to‘lab tursangiz, gunohkor bo‘lmaysiz”[11] (Baqara surasi 233-oyat). Birinchidan, oyatda Alloh taolo bolalarni enagaga emizdirish ishidangunohni mutlaqo rad qildi.
Ikkinchidan, bu holatda ujraning notayin bo‘lishi nizoga olib bormaydigan darajada. Ya’ni bunda yeb-ichish va kiyinish enaga uchun o‘zi oladigan ujrasidan qo‘shimcha foydadir. Boz ustiga, odat taqozosiga ko‘ra kishilar o‘z bolalariga mehr yuzasidan enagalarga kengchilik qilishlari va iltifotli muomalada bo‘lishlari xalq ichida urfga aylangan[12]. Ujra shar’iy qiymatga ega bo‘lgan mol bo‘lishi kerak degan so‘z bilan, xamr va to‘ng‘iz go‘shti kabi shar’iy qiymatga ega bo‘lmagan, nopok narsalarchiqib ketadi. Shuningdek, ujra sifatida beriladigan narsa foydalanish mumkin bo‘lgannarsalardan bo‘lishi lozim. Narsaning foydalanib bo‘lmasligiga sabab, yo o‘ta pastligi bo‘ladi hasharotlar kabi, yo zararkunanda va aziyatkorligi bo‘ladi, masalan, yirtqich hayvonlar kabi, yoki shar’anishlatish haromligi bo‘ladi, masalan, turli but-sanamlarning haykallari kabi.
- Ujra yollanuvchidan talab qilingan ishningbir qismi bo‘lmasligi. Buning misoli, qo‘yningterisini, o‘sha teri evaziga shilib berish, bug‘doyniundan hosil bo‘lajakunning bir qismi evaziga yanchibberish va hokazo. Yuqorida ham bayon qilinganidek, bunday ijara nodurust hisoblanadi. Chunki, birinchidan, hadislarda keladiki: Ma’nosi “Nabiy sollallohu alayhi va sallam erkak hayvonni qochirtirish uchun ijaraga berishdan(ya’ni bu ish uchun pul olishdan) va tegirmonchiga qafiyz berishdan qaytardilar[13]”. Qafiyz bu qumsimon moddalaruchun o‘lchov birligi bo‘lib, avvalda odamlar o‘z bug‘doy yoki arpalarini o‘sha narsalardan hosil bo‘ladigan unning bir qismi masalan, bir qafiyzi evazigategirmonchiga yanchittirar ekanlar.Bu hadis bu ishdan qaytarishi bilan birga yuqoridagi ikkinchi shartga ham dalolat qiladi. Ikkinchidan, mazkur holatda ya’ni ujrani yollanuvchining hali qilmagan ishidan bir qism deya belgilashda ujraning aniqligiga ham putur yetadi. Masalan, teri shiluvchiga terini ujra sifatidabelgilandi yoki tegirmonchiga hali yanchilmagan unning bir qismini ujra qilib tayinlandi, vaholangki, terini soppa-sog‘ holatda shilinishi noma’lum bo‘lgani kabi unning ham qay holatda tayyor bo‘lishinoma’lum. Bu jihatdanbu ishlar ujra shartlarining birinchibandiga to‘g‘ri kelmay qoladi.
Gohida ijaraga topshirilgan obyekt ijara muddatimobaynida ta’mirga muhtoj bo‘lib qoladi. Ijaraga berilgan uyning tomidan chakkio‘tishi, devorning suvoqlari eskirib, tushib ketishi, kanalizatsiya tizimida muammolar yuzagakelishi va hokazoholatlar ro‘y berishimumkin. Shunda kim uni ta’mirlashga mas’ul,ijaraga beruvchimi, yoki ijarachimi? Hanafiymazhabi ulamolarining fikrigako‘ra, ijara obyektinita’mirlashga ijaraga oluvchiemas balki, ijarga beruvchi mas’u. Zero, mulkni isloh qilish uning haqiqiy egasining zimmasida bo‘ladi. Lekin, ijaraga beruvchi bu ishlarga ya’ni ta’mir va hokazoga majbur qilinmaydi. Lekin, bu holatda ijarachida bitimni bekor qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Chunki, bunday nosozliklar ma’qud alayhidagi (ijaragaolingan ashyo) ayb hisoblanadi. Agar ijarachi mazkur nosozliklarni o‘z xohishi bilan bartaraf qilsa, ko‘ngilli ravishda qilgan bo‘lib, savob oladi, biroq ijara pulidan uning hisobiga ayirilmaydi. Bordiyu, bu ishlarni ijaragaberuvchi yoki uning vakili talabibilan qilsa, unda o‘sha beruvchining hisobiga yoziladi[14].
Ijarada kelishilgan ish bitib, bitim nihoyasiga yetgach,ijarachi zimmasida ba’zi majburiyatlar qoladi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
- Muddat nihoyasiga yetgandan so‘ng, uy yoki do‘kon va hokazolarni qulflab,kalitini ularning egasiga topshirish.
- Agar bir kishi boshqasidan shaharning ma’lum joyida ot ulov yoki mashinani minib, yoki ustiga yuk ortib falon ma’lum joyga borib, kelaman desa, bu holatdaijarachi ishi bitgandanso‘ng ijaraga olingannarsani albatta qayerda olgan bo‘lsa, o‘sha joyga eltib berishi kerak. Bordiyuu, ulovni uyiga minib ketib qolsa, keyin u narsa uning uyidaligida ishdan chiqsa, uning qiymatini to‘lab beradi. Chunki, u ijara molini bitimda ko‘rsatilmagan joygacha olib bordi. Ammo, ijarachi kelishuvda: “Bu ulovni minib, bu joydan falon joyga boraman, keyin esa uyga boramanyoki uyga qaytaman,degan bo‘lsa, u boyagi narsaniijaralovchining uyiga eltib berishi vojib emas. Chunki,u uyga qaytgan zahoti ijara muddati nihoyasiga yetgan bo‘ladi. Va ulov uning qo‘lida omonatga aylanib qoladi. Omonatni esa o‘z qo‘li bilan egasiga olib borib berishgamajbur qilinmaydi[15].
Hanafiy mazhabigako‘ra quyidagi holatlarda ijara bitimi tugaydiya’ni to‘xtaydi:
- Bir-biri bilan ijara bitimi tuzgan ikki shaxsning biri vafot etsa.
- Iqola[16] qilinsa. Chunki, ijara ham molni mol bilan ayirboshlash bitimlariturkumiga kiradi, shu bois ham ijarani iqola orqali tugatish mumkin.
- Ijaraga berilganashyoning nobud bo‘lishibilan ham ijara bitimi to‘xtaydi. Chunki, ijaraga olingan ashyo butkul nobud bo‘lsa, undan manfaatundirish amrimahol bo‘lib qoladi va binobarin ijara bitimi kuchdan qoladi.
Ijaraga olingan ashyodan foydalanish kayfiyati. Ashyodan foydalanish o‘sha narsaning turiga qarab, har xil bo‘ladi. Agar kishi hovli-joy, do‘kon va shunga o‘xshash manzillarni ijaraga olsa, xohlaganicha foydalanishga haqli bo‘ladi. Hohlasa o‘zi yoki boshqa kishilar bilan birga turadi. Hatto boshqa kishiga olgan narxiga yoki undan ko‘proqqaham ijaraga berishgaloyoqati bo‘ladi[17]. Ko‘proqqa berganida ijara haqqi o‘zi olgan mol jinsidan boshqa jinsda bo‘lishi kerak yoki o‘sha ijaraga olgan manzilga o‘z tarafidan biror narsa qo‘shishi yoki biror joyini tuzatib berishi shart qilinadi. Agar haq o‘zi olgan jinsdanbo‘lsa, ortig‘ini sadaqa qilgani shubhadanxoliroq[18].Chunki bu narsalarni foydalanish uchun ijaraga oladi. Qolaversa, odatda odamlarning bu narsalardan foydalanishi bir-birlarinikidan unchalik farq qilmaydi. Maskanni yashash uchun, do‘kon va shu kabilarni tijorat va sanoatda foydalanish uchun oladi. Qanday foydalanishni bayon qilmasa ham odatda hammaga ma’lumdir. Abu Hanifa qarashlariga ko‘ra (uchala mazhabboshiga xilofan) agar manzil egasi ijarachiga faqat o‘zi turushini, boshqa bilan turmasligini shart qilsa, quygan sharti lag‘v ya’ni, ahamiyatsizdir. Chunki ijarachi o‘sha manfa’atdan foydalanishga haqlidir. Ammo temirchilik va shunga o‘xshash binoga zarar yetkazadigan ishlar bilan bino ichida shug‘ullanmaydi. Ammo bino egasi shart qo‘ymasa binoga zarar yetkazmasdan, urfiga muvofiq holda xohlaganicha manfaatlanaveradi[19].
[1] Muzorib - birovning puli bilan muzoraba bitimi asosida tijoratqiluvchi
[2] Qur’oni Karim. Baqarasurasi: 193-oyat. Qur’oniKarim ma’nolarining tarjimava tafsiri. - Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2016Y./Tarjima va tafsirmuallifi Abdulaziz Mansur/. – B. 30.
[3] Kosoniy Abu Bakr ibn Mas’ud. Badoi’u-s-sanoi’. – Livan: Dorul-ma’rifa, Birinchi nashr. 1420h. – J. 4. – B. 211
[4] Ibn Humom. Takmilatufathil Qodiyr. – Bayrut: Dorul-ma’rifa. 1998 m. – J. 4. – B. 207.
[5] Saraxsiy Shamsuddin. Al-mabsut. – Livan: Dorul-ma’rifa. 1414h. – J. 15.- B. 103.
[6] Ahmad, Tabaroniy, Hokim, Ibn Abu Shayba, Abu Dovud, Ibn Moja, Termiziy va Nasoiylar rivoyati. Qarang: al-Jazariy Ibn Asir. Jomi’u-l-usul. – J. 9. – Bayrut:Maktabal halavoniy, Matbaal mallah
[7] Al-Himyariy Abdurrazzoq ibn Humom. Musannaf Abdur-Razzoq. – Bayrut: al-maktab al-islamiy. 1403. – J. 8. – B. 217-218.
[8] Bag‘dodiy. Majma’uz-zimonot. – Bayrut: Dorul-fikr. 2001m. – B. 27.
[9] Al-mavsua al-fiqhiyya al-kuvaytiyya (kuvayt fiqhiy enstiklopediyasi). – Kuvayt: vazarotul avqof vash - shu’un al-islamiyya (vaqf va diniy ishlar vazirligi). – J. 1. – B. 247 Zayla’iy Jamoluddin Abu Muhammad. Nasb ar-Roya.Jidda: Dorul-qibla. 1997. – J. 4. – B. 131.
[10] Ibn Humom. “Takmilatu fathil - Qodiyr”. Bayrut: Doru-l-ma’rifa. 1998. J. 7.B. 148-187.
[11] Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2016Y. /Tarjima va tafsir muallifi Abdulaziz Mansur/. B.37.
[12] Ibn Humom. Takmilatu fathil-Qodiyr. – Bayrut: Doru-l-ma’rifa. 1998m. –J. 7. – B. 185.
[13] Doruqutniy va Bayhaqiylar Abu Saiddan rivoyat qilishgan. Qarang: Shavkoniy Muhammad bin Ali. Nayl al avtor. –Dimashq: Idoratu-t-tiboa al-muniyriyya. 1999 m. – J. V. – B. 293.
[14] Kosoniy Abu Bakr ibn Mas’ud. Badoi’u-s-sanoi’. - Livan: Dorul-ma’rifa, Birinchi nashr. 1420 h. - J. 4. – B. 208.
[15] Kosoniy Abu Bakr ibn Mas’ud.Badoi’us sanoi’. – Livan: Dorul ma’rifa,Birinchi nashr. 1420 h. – J. 4. – B. 31 Vahba az Zuhayliy. Al-fiqhul islamiy va adillatuhu. – Damashq: Darul fikr, 1427 h – 2006 m.– J. 5.
[16] Iqola bu arabchaso‘z bo‘lib, ko‘tarish, bekor qilish degan ma’nolarni anglatadi. Fiqhiy istilohda esa savdobitimini mushtariyning iltimosiga ko‘ra buzish, ya’ni sotilgan molnixaridorning iltimosi bilan qaytarib olish demakdir
[17] Al-mavsu’a al-fiqhiyya al-kuvaytiyya (kuvayt fiqhiy enstiklopediyasi). - Kuvayt: vazarotul avqof vash shuun al-islamiyya (vaqf va diniy ishlar vazirligi). - J. 1. - B. 247. Najmiddin Muhammad Darkoniy. Ihtisori rivoya,- Bayrut: Dorul ilmiya, 2005 m. – J. 2. – B. 110.
[18] Vahba az Zuhayliy.Fiqhl islam va adillatuhu. – Dimashq: Dorul fikr, 2006m. – J. 5. – B. 491 Kosoniy Abu Bakr ibn Mas’ud. “Badoi’us-sanoi’”. – Livan: Dorul-ma’rifa. Birinchi nashr. 1420 h. – J. – B. 31.
[19] Al-mavsua al-fiqhiyya al-kuvaytiyya (kuvayt fiqhiy enstiklopediyasi). – Kuvayt: vazarotul avqof vash- shuun al-islamiyya (vaqf vadiniy ishlar vazirligi). – J. 1. – B. 247.
Ismailov Akramxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi