“Yil kitobxoni” taqdirlandi…
Kitob inson ma’naviyatini yuksalishida, komillik sari qadam qo’yishida eng katta yo’lboshchidir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochiladi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Shaxs sifatida unib-o’sadi. Bunga davlat siyosati darajasida bo’lgan e’tibor, inson zavqini yanada oshiradi. Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir.
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash milliy dasturi hamda “Yoshlar bo’sh vaqtini kitob bilan band qilish” maqsadida O’zbekiston Musulmonlari idorasi “Hidoya” o’rta islom ta’lim muassasasida 2023-2024-o’quv yili oktyabr-iyun oylarida barcha talabalar “oy kitobxoni” tanlovi o’tkazildi.
Musobaqa shartlariga ko’ra har kuni darslikdan tashqari belgilangan miqdorda qo’shimcha arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi. Har oyda natijalar hisoblanib g’olib aniqlab borildi. Yillik umumiy hisob-kitobga ko’ra hammadan yuqori natijani qayd etganxozirda 51-guruh 3-kursda tahsil olayotgan Akmalxonov Muhammadxon faxrli 1-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Akmalxonov Muhammadxon yil davomida “Taysirus siyrotun nabaviyya” - Abdulqodir Sayyid Yusuf, “Fiqhul muyassar” - Shafiyqur-Rohman Nadaviy, “Sharhul ajrumiyya” – Xolid ibn Abdulloh, “Suvar min hayaatit tobiiyn” – Doktor Abdurrahmon Posho, “Munabbihot” – Ibn Hajar Asqaloniy, “Shifohiyya” – Ahmad Hodiy Maqsudiy kabi 10 ga yaqin kitobni tamomlab, jami bir ming uch yuz betdan oshiq kitob o’qidi.
Yangi 2024-2025-o’quv yili boshida Akmalxonov Muhammadxon ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan martov yorlig’i va 1.000.000 (bir million)so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Musobaqa bu o’quv yiida ham davom etadi.
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Yusufxon Shodiyev