Яратилиш санаси 28.09.2024

OLAMLARGA RAHMAT PAYGʻAMBAR

Joriy yil 27 sentyabr kuni Rasulullohsollallohu alayhi vasallamga bo'lganmuhabbatni yanada ziyoda qilishmaqsadida “Hidoya” o'rta maxsusislom ta'lim muassasasida “OLAMLARGA RAHMAT PAYG’AMBAR” shiori ostidagi siyrat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqani Qur'on tilovati va ta’lim muassasasi oʻqituvchisi A. Otaxanov tomonidan siyrat borasidagi  ma'lumotlari va kelajakda talabalarning ilmiy salohiyatlarini oshirish to'g'risida taklif vamulohazalari bilan boshlandi.

Tadbir musobaqa shaklida tashkiletilgan bo'lib, bilim yurting 48-guruhning “Badr” jamoasi, 49-guruhning “Buroq” jamoasi va 50-guruhning “Hidoyat” jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqa 4 ta shartni o'z ichiga olganbo'lib, ular quyidagilardir:

1. Savol-javob. Har bir guruhga “SizPayg’ambarni ko’rganmisiz” kitobidan10 tadan tezkor savol beriladi.

2. Mavlid yodlab, sharhlash. Bu shartda har bir jamoadan bir kishi“Iqdul Javhar” kitobidan biletdako’rsatilgan atr (bo’lim)ni yodlabsharhlab beradi.

3. Mo’jiza sanash bahsi. Ushbu shartda har bir guruhSiyratga oid devoriy gazeta chiqaradilar. Devoriygazetani bayon qilib ham beradilar. 

4. Ijodiy ish. Payg'ambarimiz sollalohualayhi vasallamga maktub yoki she'r.Ushbu shartda ham har bir guruhdanbittadan talaba ishtirok etadi.


Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati