Яратилиш санаси 02.10.2024

“Muxtasar yodlagan talabalarga shartnomasi to’lab berildi”

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2023-2024-o’quv yili mart-iyun oylarida barcha talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Muxtasar-al-Viqoya” kitobi boshidan boshlab, ya’ni, poklik kitobidan to nikoh kitobigacha beshta faslni bir martada yodlagan holda umumiy 99 ball to’plab 1-o’rinni egallagan ta’lim muassasasi 51-guruh talabasi Akmalxonov Muhammadxon Yusufxon o’g’li ta’lim muassasa tomonidan maqtov yorlig’i va 2024-2025-o’quv yili uchun bir yillik shartnoma to’lovi sertifikati bilan taqdirlandi. Bundan tashqari ushbu shartni bajarib jami 90 ball to’plab 2-o’rinni egallagan 51-guruh talabasi Abdulvohidov Muhammadyusuf Ayubxon o’g’li hamda 89 ball bilan 3-o’rinni egallagan 51-guruh talabasi Abbosxo’jayev Muhammadali Avazxo’ja o’g’liga 50% shartnoma to’lovi sertifikati berildi.

Ushbu talabalar “tahorat, namoz, ro’za, zakot va haj kitoblarini mas’ul ustozga to’liq yodlab o’tkazishdi.

Ushbu talabalarga maqtov yorlig’i va sertifikatni bu yilgi o’quv yilining avvalida barcha talaba va ustozlar guvohligida ta’lim muassasa rahbariyati tomonidan topshirildi. Musobaqa har yili o’tkazib kelinadi. Bu yilgisi ham bahor oylarida tashkillashtiriladi.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim 
muassasasi o’qituvchisi