Яратилиш санаси 22.10.2024

MENING TANLOVIM - OBOD VATANIM!

“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim muassasasida Joriy yil 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylov oldidan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim muassasasi o‘qituvchilar, xodimlar va talabalari ishtirok etdilar. 

Tadbirga Namangan shahar saylov komissiyasi raisi Djamalov Ziyoviddin Saloxiddinovich tashrif buyurdi. 

Tadbirni ta’lim muassasasi huquqshunosi T.Tadjialiyev olib bordi. Hammamizga ma’lumki, mamlakatimizda 2024-yil ham “siyosiy yil” bo‘lib, bunda 2024-yil 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib so‘zni bugungi uchrashuvda ishtirok etayotgan Namangan shahar markaziy saylov komissiyasi raisi Djamalov Ziyoviddinga berdi. 

Notiq o‘z so‘zida tadbir ishtirokchilariga Mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Bular O‘zLidep, XDP, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyalardir.   

Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (ya’ni aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi. 

Siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tish taklifi mart oyida O‘zbekiston prezidenti tomonidan deputatlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi. Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendumdan so‘ng SHavkat Mirziyoyev 8 may kuni majoritar-proporsional saylov tizimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
 

Saylovlar-saylov kampaniyasida ishtirok etish orqali saylov huquqlarini amalga oshirishning bir shaklidir. U har bir fuqaroning o‘z kelajagi, vatan ravnaqi, halqining farovonligini ta’minlab berish borasidagi siyosiy jarayondir. 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni saylov haqida qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassisdan kerakli javob oldilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati