Яратилиш санаси 26.10.2024

“Yoshlarni ekstremistik g‘oyalarga berilishi hamda turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish”

Ta’lim muassasasida 25-oktyabr kuni “Yoshlarni ekstremistik g‘oyalarga berilishi hamda turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish” mavzusi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda ta’lim muassasasi “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rivojiddin Nasritdinov, malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filialining ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi katta  o‘qituvchilari Qobilxon Yusupov, Dilmirod Sobirov va talabalar qatnashdilar.


Davra suhbatini ta’lim muassasasi “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Nasritdinov ochdi. Tadbirida so‘z olgan malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filialining ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi katta  o‘qituvchisi Dilmirod Sobirov: jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, fuqorolar tomonidan noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari va uning oqibatlari, mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan normalar to‘g‘risida va hozirgi davrda globallashuv jarayoni tobora kengayib bormoqda va bu jahon siyosiy makonningyangicha ko‘rinishi va taraqqiy etishiga ta’sir qildi. Jahon siyosiy makonida davlatlarning global rivojlanishi bu avvalambor, dunyoning barcha davlatlari va xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan birgalikdagi yangicha taraqqiyotidir. Globallashuv sharoitida avj olgan muammolarning yechimi hamkorlikdagi harakatlarni talab qilmoqda.

Hozirgi ochiq axborot tizimi davrida, avvalo, yoshlarda har qanday axborotga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilish, chetdan kelayotgan turli xil axborotlarni qabul qilishda tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish lozim. Chunki hozirda qurolli hujumlardan ko‘ra ma’naviy hujumlar havfli tus olib bormoqda, bunda esa axborot ularga juda qo‘l keluvchi vositaga aylandi.

Shunday qilib, globallashuv sharoitida aholining  yot g‘oyalargaergashib ketishi, ularga noto‘g‘ri ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va xuquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalarberish, bu borada targ‘ibot ishllarini yanada kengroq olib borishimizlozim.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisi tomonidan kerakli javoblarni oldilar.

Bilim yurti Matbuot xizmati