Яратилиш санаси 30.10.2024

Movarounnahr hadis ulamolari: Imom al-Buxoriy rohimahulloh

Hadis ilmida “Amir al-muminin” degan sharafli nomga sazovor bolgan alohida e'tiborga ega bolgan buyuk olim zotdir. U zotning to’liq ismlari Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira ibn Bardazbeh al- Juafiy al-Buxoriy bo’lib, u zot hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (milodiy 810 yil) da Buxoro shahrida tavallud topgan. Imom al-Buxoriyning otalari yoshliklaridayoq vafot etib, onalarining tarbiyasida o’sganlar. U yoshligidan aql-idrokli, otkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bolganligidan yoshlari to’qqizga yetganda Qur'oni karimni to’laligicha yod olganlar. Yoshliklarida turli ilm-fanlarni, ayniqsa hadis ilmini zo’r qiziqish bilan o’qiganlik sababidan voyaga yetguniga qadar o’n mingdan ziyod hadisni yod bilar edilar. Imom al-Buxoriy 15 yoshlaridan boshlab o’z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarini shuningdek Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis toplamlarini mutolaa qilib yodlagan.

Xomid ibn Ismoil aytadilarki: "Buxoriy bilan dars olar edim. Biz har bir hadisni yozib borar edik. Buxoriy esa yozmas edilar. Biz ey Muhammad ibn Ismoil nega yozmaysiz, deb sorasak, u kishi: "qani, yozgan narsalaringizni korsatinglar-chi", dedilar. Biz korsatganimizda, biz yozgan hadislarni unga yana o’n besh ming hadis ziyoda qilib yoddan aytib berdilar. 

Imom al-Buxoriy  18 yoshga to’lganlarida (828) yili onalari va akalari Ahmad bilan haj qilish uchun Makkai Mukarramaga keladilar. Haj amallarini bajarib bo’lgach, onalari va akalarini Buxoroga jo’natib, o’zlari mana shu yerda olti yil qolib, hadis ilmidan o’z bilimlarini yanada oshirish maqsadida qoladilar. O’sha paytda ilm fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bog’dod kabi shaharlarda yashab u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta'lim oladilar. Yirik olimlar davrasida, ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadilar va ilm toliblariga dars ham beradilar. Bu zot ko’p vaqtlarini musofirchilikda o’tkazganlar. Bu haqda uning o’zlari: "Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to’rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman. Bog’dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman", degan ekanlar. U zot safar chog’larida ham bir shaharda muqim turganlarida ham ilmini oshirish borasida o’z ustilarida tinimsiz ishlar edilar, to’plagan hadislarini oqqa ko’chirar edilar. Muallifning yozishicha Bog’dodda istiqomat qilgan paytlarida ko’pincha oyning nurida ijod qilib, qorong’u kechalarda shamning yorug’ida kitob yozar ekanlar. Imom Al-Buxoriydan: " Nega bu ishga qo’l urdingiz" deb so’ralganda, shunday javob bergan kanlar: "Bir kuni Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko’rdim. Qo’limda yelpig’ich, u kishini yelpir edim.  Bu tushimni ba'zi ta'bir aytuvchilarga aytsam: "Sen Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamdan yolg’onlarni yelpib turasan", deyishdi. Ilm olish maqsadida Imom al-Buxoriy juda koplab olimlardan ta'lim  oladilar. Nisoburlik al - Hokimning  yozishicha ustozlarining soni to’qsontalar atrofida bo’lib, ular: Ali ibn al-Madaniy, Ahmad ibn Rohaviy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ja'far al- Musannadiy, Muhammad ibn salom, Muhammad ibn Yusuf al-Haryobiy Ubaydulloh ibn Muso al-Abbosiy, Abu bakr Abdulloh ibn az-Zubayr, al-Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur

Bo’lgan Imom Ishoq ibn Ibrohim, va boshqalardir. So’z navbatida Imom Al-Buxoriy ham kopgina shogirdlariga ustozlik qilganlar. Ular: Ishoq ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy Muslim ibn al-hajjoj, Hamad ibn Shokir, Ibrohim ibn Muakkal, Tohir ibn Muhammad, Abu Talha Mansur, Imom Muslim, Imom at-Atermiziy, Imom Nasoiy, Abu bakr ibn Ishoq Abu Fazl Ahmad ibn Salma Abu bakr ibn Abud Dunyo, Xusayn ibn Muhammad al-Haboniy, Sahl ibn Shadivayh al-Buxoriy va boshqa shogirdlarga ustozlik qilganlar. 

Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o’zining go’zal xulq-atvori, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos sahovatliligi bilan boshqalardan tamom ila ajralib turar edi. U zotning zehnlari otkirligi va yodlash  qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g’oyat shuhrat qozonganlar. Marajja ibn Raja' aytadilar: "Imom al-Buxoriy Allohning yerda yuruvchi mu'jizasi edi", deganlar. Muhammad ibn Yusuf aytadilar: "Bir kuni Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko’ribman. U kishi: "Qayerga ketyapsan", deb so’radilar. Men: "Muhammad ibn Ismoilning huzuriga, deb javob bersam: "Unday bo’lsa, mendan salom aytib qo’y", dedilar. Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: "Hadis yodlash to’rt kishida tamom boldi. Abu Zar'ata ar-Roziy, Ismoil al-Buxoriy, Imom Dorimiy, Xasan ibn Shujja al-Balqiy" larda deb aytdilar. 

Hadis olimlaridan bo’lmish Imom Muslim har qachon Imom al-Buxoriyning huzurlariga kirsalar: "Ey hadislar tabibi! Ey hadis ulamolarining sayyidi! Ijozat bersangiz oyog’ingizni opsam", der ekanlar. Imom al-Buxoriy o’zlarining "Jome' as-Sahih" kitoblarini o’n olti yilda yozib tugatdilar. Qachoniki manashu kitobimga bir hadis kiritsam, g’usl qilib ikki rakat namoz o’qir edim", deb aytdilar. Ushbu kitobga turli sharhlar yozilgan. Shulardan eng mashhurlari Asqaloniyning "Fath ul-Boriy", al-Karamiyning "Kavkab ad-Doriy", Qastaloniyning "Irshod as-Soriy", Imom Suyutiyning "at-Tashviq", Badriddin al-Ayniyning "Umdatu al-Qoriy", Muhammad Anvar Kashmiriyning "Fayzul-Boriy" kitoblaridir. Imom al-Buxoriy "al-Jome' as-Sahih"dan tashqari 20 dan ortiq kitoblarning muallifi hamdirlar. Shulardan "Adab ul-Mufrad", "Birr ul-Volidayni", "Tarix ul-Kabir", "Musnad ul-Kabir", "Kitobi asmoi sahoba", "Tafsir ul-Kabir", "Xalqu af'oli ibod", "Sulosiyat ul-Buxoriy", "Hadis un-Nabaviy", "Tarix us-Sagir", "Zuafo us-Sagir", "at-Tarix al-Avsot", "Kitobi al-Ilal", "Kitobi al-Kuna" va boshqalarni korsatishimiz mumkin.

Buyuk allomaning eng muhim asari shubhasiz "Al-Jome' as-Sahih"dir. Bu asar "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan ham mashhurdir. Uning g’oyatda ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o’tgan muhaddislar o’z to’plamlariga eshitgan barcha hadislarini to’plab o’tirmay qatorasiga keltiraverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo’lib, ularning sahihlarini ajratib, alohida kitob qilganlar. Alloma Ibn Salohning ta'kidlashicha, Imom al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan sahih hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bolib, takrorlanmaydiganlari esa 4000 ta hadisdan iborat bo’lgan. Bu sharafli ishni biriinchi Imom al-Buxoriy boshlab bergan bo’lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to’plamini kitob shaklida chiqarganlar. 

Imom al-Buxoriy ko’p shaharlarda umr kechiradilar. Keyinchalik o’z ona yurtlarini sog’inib, Buxoroga qaytib keladilar. Agar Imom al-Buxoriy masjidda hadis aytib dars beradigan bo’lsalar.  Masjid to’lib toshar edi, odamlar soni 10 ming, ba'zan 20 mingdan oshib ketar edi. Har zamonda bolgani kabi malomatchilar, hasadgoylar, g’iybatchilar o’sha vatqdagi Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad huzuriga kelib: "Buxoriy xalqni o’ziga og’dirib oldi, tezroq bir chora ko’rmasangiz xalq sizdan yuz o’giradi", deb aytishadi. Xolid bu ishda o’z yaqinlariga maslahat soladi. Ular: "Buxoriy juda mashhur odam, unga yomonlik qilinsa, xalq qo’zg’alon ko’taradi. Yaxshisi uni xalqdan ajratib olish kerak", deb maslahat beradilar. Xolid ibn Ahmad Buxoriyga odam yuborib, saroyga kelib amir va amaldorlarning farzandlariga dars berishni taklif etadi. Buxoriy bundan bosh tortadilar. Xolid yana elchi yuborib, kitoblari bilan tezda Amir huzuriga kelishini buyuradi. Buxoriy esa: "Ilmga kelinadi, ilm hech qachon bormaydi", deb javob beradilar. Bu gaplarga chiday olmagan Amir Imom al-Buxoriyga bu yerdan tezlik bilan chiqib ketishlikni buyuradi. Imom al-Buxoriy Amirning ziyoniga duo qilib, Samarqandga qarab yo’l oladi. Samarqanddan ikki chaqirim uzoqlikdagi Xartang qishlog’idagi qarindoshlarinikiga kelib tushadilar. U yerda uch kun turadilar. Ana shu kuni kechasigi namozni o’qib bo’lgach: "Ey Robbim! Yer keng bo’lishiga qaramay menga tor bo’lib ketdi. Meni o’z huzuringa chaqirgin", deb duo qildilar. G’olib ibn Jabroil aytadilar: "Samarqand ahli Imom al-Buxoriyning huzurlariga kelib, ana shu yerda yashashlarini iltimos qilishdi. Imom al-Buxoriy bunga rozi bolib safarga otlandilar. Endi otlari tomon 4-5 qadam bosganlarida birdan holdan toyib, yiqiladigan darajaga kelib qoldilar. Imom al-Buxoriyni uyga olib kirishdi va u kishi ko’p o;tmay vafot etdilar. Ertasiga janozalari o’qilib, qabrga qo’yildi qabrlarida bir qancha kun hushbo’y mushk hidi taralib turdi. Imom al-Buxoriy olimlarining xabari osha paytdagi xalifa Ibn Tohirga yetib borgandi. Xalifa Amir Xolid ibn Ahmadning yuziga qora surib, eshakka teskari o’tkazib, shaharni aylantirishga, so’ng cho’lga qo’yib yuborishga amir qildi. Cho’lda uni yirtqich hayvonlar yeb  ketdi. Alloh johil amirni shu dunyoning o’zidayoq jazolab qo’ya qoldi". 

Abdulvohid ibn Ahmad at-Tuvovisiy aytadilar: "Bir kuni Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallou alayhi vasallamni tushimda ko’rdim U kishi bilan bir jamoa as’hoblari ham bor edi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam go’yo kimnidir kutayotgandek bir tarafga qarab turar edilar. U kishiga salom berdim: "Kimni kutib turibsiz, Ey Rosululloh", desam, Payhambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyni", deb javob berdilar. Men ikki-uch kundan keyin Imom al-Buxoriy vafot etganlarini eshitib qoldim. So’rab surishtirsam, Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko’rgan kunim vafot etgan ekanlar".   Yahyo ibn aytadilar: "Agar Imom al-Buxoriyning umrlarini uzaytirishga qodir bo’lganimda,  jonimni berib bo’lsa ham asrab qolgan bo’lar edim". Imom al-Buxoriy hijratning 256 yili, Shavvol oyining boshlarida Fitr hayiti kechasida vafot etdilar. Bu zot 13 kun kam 62 yil umr kechirdilar va Samarqandning Xartang qishlog’ida dafn qilindilar.

Yoqubjanov Abdurashid

Ta'lim muassasasi o'qituvchisi