
MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH MADANIYATI
Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodning axborot madaniyatini shakllantirish kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonining o’zi, ko’pincha, sof texnologik jarayon sifatida baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga ko’ra chuqur ijtimoiy jarayon ham hisoblanadi. Chunki axborotlashtirish jamiyatning bir shakldan boshqa, ijtimoiy taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo’lgan shakliga o’tishni anglatadi hamda jamiyatning istiqboldagi xususiyatlarini belgilab beradi.
Tashviqot, feyk axboroti, pranking, raqamli tajovuz, trolling va h.k. hodisalar oqibatidamediamakondagi buzilishlar tufayli jurnalistika sohasida hozirgi paytda inqiroz kuchayib bormoqda. “Ortiqcha axborot” “axborot mavhumligi”ni keltirib chiqarmoqda. Ushbu vositalar yordamida ong bilan manipulyatsiya qilish shunga olib keladiki, auditoriyaning “tanqidiy avtonomiyasi” mavjud emasligi tufayli dunyoda har qanday ma’lumotlarni “yutib yuborish” kuchaymoqda. 1982 yilda YUNESKO Xalqaro Simpoziumida qabul qilingan Mediata’lim bo’yicha Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari shunday deb ta’kidladi: “Axborot vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki ma’qullash o’rniga biz uning hayotning barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi va singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz, shuning dek, ularning zamonaviy madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini hisobga olishimiz zarur.
Siyosiy va ta’limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar tomonidan kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko’maklashish ularning majburiyatini tashkil etadi... mediata’lim bo’yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositsi sifatida hozir muayyan ikkilanishlarga sabab bo’lsa, eng yaqin kelajakda, kommunikatsion texnologiyalarda sakrash ro’y bergach, ushbu dalillar muqarrar bo’lib qoladi”. Mediasavodxonlik konsepsiyalari rivojlanishi va zarurati munosabati bilan OAV vajurnalistikaning mediata’lim funksiyasi faol rivojlanmoqda. Bu ommaviy auditoriyaning mediakompetentligini oshirish, uning OAVdagi ma’lumotlarni mos ravishda qabul qilish, uni tahlil etish hamda axborot madaniyati me’yorlari va tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy ahamiyatga ega mediamatnlarni yaratish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Shu narsa oydinki, faqat boshqalar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar va axborotlarni topish, tahlil qilish, ushbu ma’lumotlar va axborotlardan voqealar yaratish ko’nikmalariga ega jurnalistlargina o’z funksiyalarini bajara oladi. Ijtimoiy voqealar nimani anglatishini va o’quvchilar bunga tayyor bo’lish uchun nimalar qila olishini tahlil etadigan va bundan so’ng nimalar bo’lishini tushuntira oladigan jurnalistlargina auditoriyaga bilimli, hammaga tushunarli bo’lgan ma’lumotlarni yetkazishi mumkin.
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, jamiyatni axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg’or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi. Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini sotsiologiko’rganish yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi uchun o’ta muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash ko’pchilikni o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi.
Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, asosan, internet shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi. Shuning uchun ham mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan chiqib, global xarakterga ega bo’ldi. Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bog’liq.
Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida, borliqdagi voqea-hodisalar mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor. Shuning uchun, birinchi navbatda, axborot olayotgan kishi uni mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi lozim. Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri – bu o’sib kelayotgan yosh avlodni tevarak atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish hisoblanadi. sivilizatsiyaning rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga xoslik belgilari uzluksizlik, shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot xurujining avj olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini shakllantirishni taqozo etadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi oshib bormoqda. Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerik alik muhandis, matematik va birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim Klod Shennon axborotni «oydinlashtirilgan mavhumlik», – deya ta’riflagan.
Buningma’nosishundan iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo’lgan narsalarni anglaydi, savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir. Bugin kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurislaridan oqilona foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining global ahamiyatini anglash talab etiladi.
Axborot madaniyati fenomeniningpaydo bo’lishining asosiy faktorlari bu axborotlashtirish asriga o’tishning universal ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot hajmining o’sishi, jamiyatni axborotlashtirish, exnologiyaning rivojlanishi, axborot jamiyatining shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga
Ega bo’lish –bu har bir inson o’zligini anglashda o’z o’rnini va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarini keng ko’lamda ochib berishdagi jarayondir.Axborotlashgan jamiyatda kishilarning, xususan, yoshlarning axborot madaniyatiga, demakki, axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot savodxonligi bosqichi borligini ham nazardan qochirmaslik zarur. Axborot savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni topish, unga baho berish va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan malakalar to’plami sifatida ta’riflanadi.
«Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning 70-yillarida ish va kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot resurslaridan to’g’ri foydalana olgan insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan odamlarni axboriy- savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol tushunchaga aylandi. Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH Prezidenti ma’muriyatining axborot savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi. Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb axborotga talabni his qilgan, axborotni qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni atash mumkin.
Alisher Anvarov
ta'lim muassasasi o'qituvchisi