“Fan oyligi musobaqa g’oliblari mukofotlandi”
Barchaga ma’lumki O’zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha islom ta’lim muassasalarida har oyda rejada tasdiqlangan fanlardan fan oyliklari o’tkazilib kelinadi. Anashu an’anani davom ettirgan holda “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyi “Fiqh,usulul fiqh, xatoba va huquqshunoslik” fanlarioyligi deb e’lon qilingan edi. Shunga muvofiq bu oyda belgilangan fanlardan davra suhbati, kitob ko’rgazmasi va ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu fanlarga talabalar qiziqishini yanada oshirish uchun fiqh fanidan “Muxtasarul viqoya” kitobidan tahorat bobini yodlash bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi. Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada tahorat bobini hammasini to’liq yodlab berishilozim edi. Yakunda ushbu shartni bajargan talabalar orasidan g’oliblikni qo’lga kiritgan uch nafar talaba sovrinli o’rinni egalladilar. Bular:
1-o’rin: 4-kurs, 48-guruh talabasi Ibrohimjonov Biloliddin jami 100 ball.
2-o’rin: 2-kurs, 54-guruh talabasi Alixonov Abdurahmon jami 100 ball.
3-o’rin: 2-kurs, 55-guruh talabasi Mahmudov Abdulqodir jami 100 ball.
o’zaro kichik farq ila o’rinlarni egalladilar.
Sovrindor bo’lgan talabalar ta’lim muassasa ustozlari tomonidan kitob bilan taqdirlandilar. Sovrinli o’rinlarga kira olmagan qolgan ishtirokchilar o’rinlari qo’yidagicha:
4-o’rin: 2-kurs, 54-guruh Nazrullayev Muhammadsodiq-100b ( 1ta xato )
5-o’rin: 2-kurs, 54-guruh Jamalov Qodirxon-100b ( 9ta xato )
6-o’rin: 2-kurs, 54-guruh Abdullayev Xusanboy100b ( 10 ta xato )
7-o’rin: 3-kurs, 51-guruh Abbosxo’jayev Muhammadali-99b
8-o’rin: 2-kurs, 55-guruh Rahmatullayev Muhammahalil-99b ( 7ta xato )
9-o’rin: 2-kurs, 54-guruh Is’hoqov Abdulahad-99b ( 8 ta xato )
Bu musobaqaning birinchi bosqichi edi. Ikkinchi bosqish esa noyabr oyidan davom ettiriladi. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi.
Yusufxon Shodiev
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi fiqh fani o’qituvchisi