“Muqaddasdir Vatan bayrog’i”
Joriy yil 18-noyabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasidamudarris va talabalar o‘rtasida O‘zbekistonRespublikasi davlat bayrog‘ining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i R.Nasritdinov talabalarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida malumot berdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘z milliy Davlat ramzlarini qabul qildi. 1991 yil 18 noyabr ham mamlakatimiz milliy ramzlaridan biri Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida tarixdamuhrlanib qoldi. Mana, o‘ttiz uch yildirki, mustaqil O‘zbekistonimiz dunyo hamjamiyatining teng huquqli bira’zosi sifatida butun dunyoga tanilmoqda, bayrog‘imiz BMT bosh qarorgohi oldida mamlakatimizning quch-qudratini namoyon etib, hilpirab turibdi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iO‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
Davlat bayrog‘i vauning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bayrog‘imizdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayotramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangdaedi. Oq rang esa muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kuncharog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu vahayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. YAshil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pginaxalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar bo‘lsa vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagio‘n ikki yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikkiyulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagiqadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiyetganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog‘imizdagi o‘n ikki yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatiningqadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatgaintilishi ramzi sifatida tushunish lozim. Bayrog‘imiz, chinakam ma’noda, xalqimizning asriy madaniyati, urf-odatlari va pok islom dinining umuminsoniy g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Davra suhbatini kengroq yoritish maqsadida ta’lim muassasasining hidoya.uz saytida yoritildi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati