Яратилиш санаси 23.11.2024

“Hadislar bilimdoni” tanlovining saralash bosqichi

O‘zbekiston Respublikаasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 15-avgustdagi  PQ-292-son qarori 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Imom Termiziy asarlari bo‘yicha “Hadislar bilimdoni” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi. Shunga ko‘ra joriy yil 22-noyabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari  o‘rtasida  Imom Termiziyning boy ilmiy merosini o‘rganish, muhaddislar hayoti va ijodi Qur’on va hadis ilmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Hadislar bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda  ta’lim muassasasasi o‘qituvchilari va  talabalari ishtirok etdilar. Tanlovda 4 kurs talabalari belgilangan shartlar asosida bellashdilar. Tanlov shartlari quyidagilardan iborat edi; 

a) muhaddislarning hayoti  va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi savolga javob berish, 

b) hadis kitoblari bo‘yicha berilgan savolga javob berish, 

d) hadis istilohlariga oid savolga javob berish, 

e) “Sunani Termiziy” asaridan keltirilgan hadislarni yoddan aytib berish.

Ushbu shartlarni natijalariga ko‘ra 1-o‘ringa 4-kurs 48-guruh talabasi Ibroximjonov Biloliddin Kamoliddino‘g‘liga, 2-o‘ringa 4-kurs 49-guruh talabasi Mavlonov Shohijahon Ma’rufjon o‘g‘liga, 3-o‘ringa 4-kurs 49-guruh talabasi Bobojonov Samandar Utkirjon o‘g‘li o‘g‘li munosib deb topildi. 

Tanlovda faxrli o‘rinni egallagan talabalar I-II-III darajali faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar  bilan taqdirlandi. 
 

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati