“Hidoya”o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Yоshlarimizni ilm fanga yo‘naltiraylik!” va “Hizbut-tahrir-zalolatga boshlovchi firqa” mavzularida tadbir bo'lib o'tdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 9-sentiyabrdagi 2631-topshiriq ijrosiga ko‘ra joriy 2021 yil 13-sentiyabr kuni bilim yurtimizda 1-kurs 48-49-50 guruhlar ishtirokida “Yoshlarimizni ilm fanga yo‘naltiraylik!” va “Hizbut-tahrir-zalolatga boshlovchi firqa” mavzularida tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchilardan 5 nafar va talabalardan 40 nafar ishtirok etdilar. Jami 45 nafar.
Tadbirga Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani “Birlashgan” jome masjidi imom-xatibi Sofvatulloh domla Qayumov va bilim yurti Aqoid fani o‘qituvchisi Xoshimov Nuriddin domla tashrif buyurdilar.
Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritinov ochib, bugungi tashkil etilgan davra suhbatini maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni, Namangan viloyati YAngiqo‘rg‘on tumani “Birlashgan” jome masjidi imom-xatibi Sofvatulloh domla Qayumovga berdi. Notiq o‘z so‘zida ma’lumki, Islom dini insonlarni ilm olishga keng targ‘ib kiladi. Payg‘ambarimiz sallalloxu alayxi vasallamga nozil kilingan dastlabki oyatlarda o‘qishga buyurilishning o‘zi xam Islom ilmu-ma’rifat dini ekanining yorkin dalilidir. Allox taolo ilmni qiyomatgacha bandalar uchun ma’rifatga erishish, xaqiqatni topish, ikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi. Ilmsizlik esa insoniyatni tubanlikka, xalokatga olib borishini bildirdi. Bugungi kun yoshlariga juda kup imkoniyatlar yaratib berilgan. YOshlarimiz bu imkoniyatlardan oqilona va tug‘ri foydalanishlari lozim. Lekin, ming afsuslar bulsinki, ba’zilarning farzandlari, xossatan, maktab yoshidagilar vaqtlarining aksarini internet va kompyuter uyinlari (playstation) klublarida xar xil nojuya uyin uynab, insonning qalbi va imoniga zarar keltiradigan rasm va videolarni tomosha qilib va turli yuldan adashtiruvchi notanish kishilar bilan suxbat o‘tkazib, umrlarining oltin davrini zoya qilmokdalar. Vaxolangki, bu davrda vaqtning qadriga etish, undan unumli foydalanish lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirni davom ettirish uchun bilim yurti Aqoid fani o‘qituvchisi Xoshimov Nuriddin domlaga berdi.
Notiq o‘z so‘zida “Xizbut-taxrir” partiyasi Islom dushmanlari tomondan musulmon jamiyatlarini parchalash uchun tashkil etilgan diniy-siyosiy oqimdir. Raxnamolari, asosan, g‘arb mamlakatlaridan panox topuvchi bu toifaning muassisi Takiyuddin Nabaxoniy (1909-1977) bulib, u 1948 yili guruxga asos “Xizbchilar” ushbu firqani tuzish guyoki Islom ummatiga Qur’oni karimning “Oli Imron” surasi, 104-oyatining talabi bilan farz ekanligidan kelib chiqadi, deb da’vo qilishadi. Vaxolanki, Islom tarixida Muxammad sallalloxu alayxi vasallamdan keyin “xulofoi roshidinlar”, umaviylar, abbosiylar va oxirgi usmonli xalifalar davrigacha xech bir zamonda ushbu oyatga amal kilish maqsadida aloxida firqa tuzib, bir kishini unga amr etib saylash xaqida fikr urtaga tashlanmagan. Partiya mafkurasida uning “ruhiy uyushma ilmiy ilmiy uyushma emas, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanadigan uyushma ham emas, balki u islomiy fikrat asosiga kurilgan siyosiy uyushma ekani ” faoliyati xayriya, diniy yoki ma’rifiy emas, balki siyosiy soxa ekani ochik ta’kidlanadi. Boshqacha aytganda, “Xizbchilar” axli sunna jamoasiga muxolif bulgan firqa sanaladi. Targ‘ibot-tashvikot ishlari yashirin “xujra”larda diniy uqishlar, partiya g‘oyalari yoritilgan “Al-Va’y” jurnali va varaqalarni tarqatish, internet tarmog‘ida tashkilotning diniy-siyosiy g‘oyalarini targ‘ib qilish kabi usullarda olib boriladi. Uzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga muvofik “Xizbut-taxrir” terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan xamda O‘zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan. Turli firqalar, toifalar, xizblar va bemazxablar axli sunna val-jamoa e’tiqodi buyicha tan olingan turt fiqxiy mazxablarning biriga, xossatan xanafiy mazxabiga amal qilgan xolda ibodatlarini ado etayotgan musulmonlarni fitnaga solish va tug‘ri yuldan adashtirib, o‘zlarining noto‘g‘ri g‘arazli g‘oyalarining qurboniga aylantirish uchun turli uslublardan foydalanadilar. SHunday ekan, xar birimiz bunday buzg‘unchi oqim a’zolaridan o‘zimizni va farzandlarimizni extiyot qilmog‘imiz muxim vazifamiz xisoblanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati