Яратилиш санаси 22.11.2025

Eng faol talabalar taqdirlandi

 

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-2026 o’quv yili sentyabr va oktyabr oylarida eng faol bo’lgan uch nafar talaba homiylar tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlandi. Taqdirlash uchun talabalarning fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi, intilishi, faolligi, tanlovlardagi ishtiroki, bilim yurtidagi jamoat ishlarida qatnashishi, darslardagi davomati, axloq-odobi va boshqalarga namuna bo’la olishi kabi xislatlari inobatga olindi.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda 2-kurs talabalaridan 57-guruh talabasi Miraliyev Muhammadsharif, 3-kurs talabalaridan 54-guruh talabasi Is’hoqov Abdulahad va 4-kurs talabalaridan 51-guruh talabasi Abdulvohidov Muhammadyusuflar taqdirlashga loyiq deb topildi. Qolgan talabalar ham shunga intilishi uchun yuqorida nomlari zikr qilingan uch nafar talaba barcha talabalar huzurida mukofotlandi. Bu jarayon inshoalloh kelgusi oylarda ham davom etadi.

 

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” islom ta’lim muassasasi uslubchisi