Яратилиш санаси 05.12.2024

Ta'lim muassasasida “Konstitutsiya – adolat mezoni” hamda “Zakovat” ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi

2024-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Hidoya” oʻrta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya – adolat mezoni” hamda “Zakovat” koʻrik tanlovlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ta’lim muassasasining oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davlat madhiyasi, so‘ngra Qurʼon tilovati bilan boshlanib, duoyi xayrlar qilindi hamda ishtirokchilarga omadlar tilab oʻtildi. Ushbu tadbirni ta’lim muassasasining o‘qituvchisi Adhamjon Otaxanov olib bordi.

Ta’lim muassasasi yuristi Toxirjon Tadjialiyev tadbirda soʻzga chiqib, Konstitutsiyaning ahamiyati haqida soʻz yuritdi. U oʻz soʻzida Konstitutsiyaga kiritilgan yangiliklar, jumladan, uning 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi taklif va mulohazalarni ham bildirib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovda ta’lim muassasasiнинг har bir guruh талабалаridan vakillar qatnashib, jami 4 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Tanlov quyidagi 3 shart asosida oʻtkazildi:

1. Tanishtiruv: Ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan shior, timsol, koʻkrak nishonlari haqida maʼlumot berib, ta’lim muassasasi haqida qisqa monolog, sahna koʻrinishi yoki videorolik shaklida taqdimot oʻtkazdilar.

2. Qoʻl mehnati va huquqiy koʻrgazmalar: Ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan qoʻl ishlari orqali huquqiy koʻrgazmalarni tushuntirib berdilar.

3. Siyosiy-huquqiy bilimlar bellashuvi: Ishtirokchilarga tayyorlangan savollar берiлиб, ularga javob berish uchun 1 daqiqa tayyorgarlik va 1 daqiqa javob berish vaqti ajratildi.

Tanlovda ta’lim muassasasi ustozlaridan iborat boʻlgan hakamlar hayʼati ishtirokchilarni baholab, gʻoliblarni aniqladilar.

Natihalarga ko‘ra “Konstitutsiya – adolat mezoni” tanlovi bo‘yicha

1-oʻrin:  (2-kurs 54-guruh)

2-oʻrin:  (4-kurs 48-guruh)

3-oʻrin: ( 3-kurs  51-guruh) 

“Zakovat” koʻrik tanlovi bo‘yicha  ta’lim muassasasining har bir guruh tаlаbаlaridan 4 kishi jamoaviy ishtirok etib biletlardan tayyorlab qo'yilgan savollarga 1 daqiqa o'ylab kavob berishlari shart qilingan edi. Ushbu tanlov natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g'olib deb topildi.

1-oʻrin: Zukkolar jamoasi, 

2-oʻrin: Bilimdonlar jamoasi 

3-oʻrin: Topqirlar jamoasi

Tadbir yakunlanar ekan, ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla mirzabayev gʻoliblarni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi hamda tadbirni tashkil etganlar va ishtirok etganlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. U oʻz nutqida kelgusida ham bunday tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish muhimligini qayd etdi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati