Яратилиш санаси 24.12.2024

Ta’lim muassasasida talabalarning qishki ta’tilga kuzatish oldidan tadbir bo'lib o'tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasinining 2024-yil 6-dekabrdagi “Talim muassasalarida qishki ta’til muddatini belgilash to‘g‘risida”gi 01A/125-sonli buyrug‘iga asosan “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalariga 2024-yil 25-dekabrdan 2025-yil 7-yanvarga qadar qishki ta’tili berilganligi va qishki ta’tilga kuzatish oldidan joriy yilning 23-dekabr kuni o‘qituvchi va barcha talabalar ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishni ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla Mirzabayev ochdi va olib bordi. Muassasa direktori o‘qituvchi, xodim va talabalarini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutladi va O‘zbekiston musulmonlari idorasininghamda ta’lim muassasasining ko’rsamalari bilan tanishtirib, talabalarni ta’til kunlari, dam olish jarayonidako’rsatma hamda talablarga qatiiy e’tibor berishlari lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Talabalarning qishki ta’tilga ketish oldidan ularning uyga borib-kelishda shahsiy xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarda harakatlanish qoidalari, begona joylargabormaslik tunab qolmaslik tushuntirildi shuninigdekmobil telefonlari va boshqa xotira qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazildi hamda noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanmaslik bo‘yicha belgilangan tartibda tushuntirish va tavsiyalar berib o’tildi. 

Uzoq viloyatlardan kelib ta’lim oladigan talabalarningdoimiy yashash joylariga borib kelishlari uchun temir yo‘l va aviachiptalari bo‘yicha belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi yana bir bor tushuntirildi.

Shuningdek, ta’til davrida texnika xavfsizligi qoidalariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, ta’til davrini mazmunli, oila davrasidao‘tkazishlarini ham ta’kidlab o‘tildi.

Ta’til vaqtini mazmunli va manfatlitashkil etish maqsadida pedagog-o‘qituvchi va guruh rahbarlari tomonidan yakuniy nazoratlarga puhta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Qishki ta’til davrida talabalar turar joyi hamda ma’muriy va o‘quv xonalari sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq dezinfeksiya ishlari olib borilishi aytib o‘tildi.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov talabalarga qishki ta’til munosabati bilan faoliyati to‘xtatilgan norasmiy masjidlarda jamoat bo‘lib namoz o‘qimaslik va imomlikka o‘tmaslik, shaxsiy telefon, noutbuk, kompyuterlar va boshqa xotira qurilmalarida diniy adabiyotlarning ilovalaridan foydalanmaslik, fitna-fasod tarqatuvchi ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lmaslik, noqonuniy-diniy materiallardan foydalanmaslik hamda “layk” bosmaslik, noqonuniy diniy saytlarga kirmaslik, chegaralardan diniy adabiyotlarni olib o‘tmaslik, olib o‘tishlikka biror kishiga yordam bermaslik va kitoblarni ruhsatsiz chop etmaslik shuningdek buyurtma ham qilmaslik, turli xil bazmlar, sinfdoshlar, kursdoshlar va mahalladagi yaqinlar bilan o‘tkaziladigan noqonuniy yig‘ilish hamda tadbirlarda ishtirok etmaslik, piratexnika vositalardan foydalanmaslik va oldi-sottisi bilan ham shug‘ullanmaslik, uyda, mahallada va masjidda hujra shaklida yoki yakka tartibda diniy ta’lim bermaslik, hamda o‘zlari bunday joylarda norasmiy ta’lim olmaslik, uyda ota-onaning ruxsatisiz hamda ta’lim muassasasi raxbariyatini ogohlantirmasdan (boshqa respublika va boshqa viloyatlarga) bormaslik, agar borsata’lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirish lozimligini ta’kidladilar.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasining topshirig‘iga asosan ta’lim muassasasida 2024-yil 6-dekabrda 01A/082-sonli “Ta’lim muassasasida qishki ta’til muddatini belgilash to‘g‘risida” gi buyuruq va undagi talablar yuzasidan talabalarga barcha guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi va talabalarni mobil qurulmalari nazorat qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida barcha talabalardan yuqoridagi ko’rsatmalarga amal qilishlari yuzasidan iqrornomalar olindi.

Ta’lim muassasasi matbuot xizmati