"Qishki taʼtil"da oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil qilindi!
Qishki taʼtil davomida professor-oʻqituvchilar va xodimlar uchun "Taʼlim sifatini oshirish, samarali oʻquv metodlarini oʻzlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari” mavzusida 3-7 yanvar kunlar oralgʻiga oʻquv seminari tashkil etilmoqda.
Seminarga tajribali mutaxassislar jalb qilindi.
Namangan davlat Pedagogika institutining "Pedagogika" kafedrasi yetakchi oʻqituvchisi Husainov Muhammadxoʻja Rahmonovich hamda Namangan viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi uslubiy boʻlim xodimi Obitxon Ataxanovlar “Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari" hamda "O'quv me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish, rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish tartiblari" mavzularida oʻquv seminar oʻtkazdilar.
Taʼlim muassasasi Matbuot xizmati