Яратилиш санаси 15.01.2025
“Sogʻ tanda sogʻlom aql”
Joriy yil 14-yanvar kuni "Hidoya" o'rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar o'rtasida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan “Sogʻ tanda sogʻlom aql” shiori ostida sportning tosh ko'tarish, tennis, arqon tortish hamda shaxmat turlari bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
🏆 Boʻlib oʻtgan musobaqa keskin, murasasiz hamda koʻtarinki ruhda oʻtdi. Musobaqa soʻngida g'oliblarga ta'lim muassasasi rahbariyati tarafidan esdalik sovg'alar topshirildi.
Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati