Dekabr oyida uch kitobxon g’olib bo’ldi
Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilishva yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.
Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa dekabr oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda sakkiz bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishga undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi.
Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida ta’lim muassasa 2-kurs 55-guruh talabasi Xoshimov Abdulhay dekabr oyida belgilangan vazifani o’z vaqtida to’liq bajargan xolda g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada eng yuqori yetti o’rin quyidagicha:
- Xoshimov Abdulhay 2-kurs 55-guruh-31 kun
- Hakimjonov Mirzosharif 2-kurs 54-guruh-31 kun
- Abdulvohidov Muhammadyusuf3-kurs 51-guruh-31 kun
- Ubaydullayev Qobiljon 2-kurs 54-guruh-30 kun
- Nazrilloyev Muhammadsodiq 2-kurs 54-guruh-30 kun
- Muxitdinov Abdulaziz 1-kurs 57-guruh-29 kun
- Is’hoqov Abdulahad 2-kurs 54-guruh-22 kun
Qo’shimcha tarzda jami hisoblaganda eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba ham imtiyozli ravishda qo’shimcha taqdirland. Bu nomga esa 1-kurs 57-guruh talabasi Muxitdinov Abdulaziz Musharraf bo’ldi. Bu borada natija quyidagicha:
- Muxitdinov Abdulaziz 1-kurs 57-guruh
- Abdulvohidov Muhammadyusuf3-kurs 51-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng kop kun kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 48-guruh talabasi Sa’dullaev Muhammadyunus bo’ldi, va u ham munosib taqdirlandi
Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 1-kurs 56-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kitoblar, kiyimlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni ta’lim muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabaev topshirdilar.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi