Яратилиш санаси 22.01.2025

Ta'lim muassasasida uchrashuv bo'lib o'tdi...

2025-yil 22-yanvar kuni  ta’lim muassasasida ustozlar va talabalar ishtirokida “Yoshlarimizni ilm fanga yo‘naltiraylik!”  mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Z.Eshonqulov, O. Qodirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi I.Zuxriddinov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Musoxon domla Abbasiddinovlar tashrif  buyurdi. 

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Musoxon domla Abbasiddinov ochdi, mehmonlar bilan tanishtirdi va bugungi tashkil etilgan uchrashuvni maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, so‘zni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga berdi. 

Notiq o’z so’zida, ilm olish va ilmga targ‘ib qilish – Islom dinida ham, jamiyatda ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biridir. Ilm odamlarning hayotida eng muhim vosita bo‘lib, nafaqat dunyoviy taraqqiyot, balki ma’naviy kamolotning ham asosidir. Ilm olishning ahamiyati haqida  Hadislarda  Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Ilm olish har bir musulmonga farzdir." Bu hadis ilm olish ham erkak, ham ayol musulmon uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi.

Ilmning dunyoviy va uxroviy foydasi haqida ham to‘xtalib ilm olish nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyat taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Ilm-ma’rifat jamiyatni taraqqiy ettiradi, noahillikni yo‘q qiladi va adolatli hayotni ta’minlaydi. 

Ilmga targ‘ib qilish Tarbiyaning ahamiyati: Ota-ona farzandlariga ilmni sevdirishi, ularni o‘qitishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun bilimli o‘qituvchilarni yollash, kutubxonalar ochish va zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanish zarur. Ilmga targ‘ib qilishda o‘zingiz namuna bo‘lishingiz. Kitob o‘qish, muntazam o‘rganish va yangi bilimlarni izlash orqali boshqalarni ham ruhlantirish mumkin. Ilmga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish: Yoshlarda ilmga qiziqish uyg‘otish uchun ularni savollarga javob topishga, yangi narsalarni o‘rganishga va tajriba qilishga rag‘batlantirish kerak. Dunyo va din ilmlari orasidagi muvozanat: Faqat diniy bilimlar emas, dunyoviy ilmlarni ham o‘rganish muhim. Bu ikkisi bir-birini to‘ldiradi va insonning hayotini yaxshilaydi.   Ilm olish va o‘rganishning ahamiyatini ko‘rsatib berishi hamda ta'lim muassasasining bitiruvchi talabalari o'rtasida "dual" ta'limni joriy qilish va uning jamiyatga bo'ladigan foydalari haqida so'z yuritdi.

 Ilm olish – insonning dunyodagi va oxiratdagi saodati uchun asosiy vositalardan biri. Shuning uchun har birimiz ilm olish va uni boshqalarga targ‘ib qilishga harakat qilishimiz lozim deya ta’kidladi.

Tadbir yakunida  talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli  javob oldilar. 

 

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati