Allomalar ilmiy merosini o‘rganish
Mamlakatimizda buyuk allomalarning ilmiy-nazariy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etish, yosh avlodni ajdodlarimizning ezgu anʼanalari ruhida tarbiyalash boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. “Biz ajdodlarimizning donishmandlik anʼanalariga amal qilib, ularning gʻoyalarini teran anglagan holda, qatʼiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yoʻlidan bormoqdamiz”[1]. Bu borada tajribadan oʻtgan, aniq ilmiy xulosalarga ega ajdodlar maʼnaviy merosidagi antropologik va gnoseologik yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birgalikda, maʻnaviуatimizga rahna solib turgan tashqi xavf ham doimo еʻtibor markazimizda turishi lozim. Bunday xavflarda ulgʻayib kelayotgan yoshlarni asrab qolish esa hammamizning birlamchi vazifamiz hisoblanadi. Shunday vazifalarni uddalashda maʻnaviy merosimiz, xususan, dunyo ulamolari va ajdodlarimiz tomonidan bitilgan manbalar juda katta rol oʻynaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʻkidlaganidek: “Hozirgi kunda Oʻzbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qoʻlyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali toʻliq oʻrganilmagan, ular olimlar va oʻz oʻquvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr oʻrtaga qoʻyayotgan juda koʻp dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yoʻlida birlashishga daʻvat etadigan teran maʻnoli fikr va gʻoyalar bugun ham oʻz qimmati va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari boʻlaturib, ularni har tomonlama oʻqish-oʻrganish, xalqimiz, avvalo, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga etkazish boʻyicha, etarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”[2].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlari, 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “gi, 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “gi, 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-sonli “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida “gi qarori hamda sohaga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.
[1] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqi. http://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
[2]O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. №1.Xalq so‘zi gazetasi 2017 yil, 23 dekabr. – 2 b.
Aqilxanov Saidolimxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi