TA'LIM MUASSASASIDA YAKUNIY NAZORAT SINOVLARI BOSHLANDI...
“Hidoya” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasining 2024-2025 ishchi o'quv rejasi hamda mazkur o'quv yilining jarayon jadvaliga muvofiq 1-4 kurs talabalari uchun 2025 yil 27-yanvardan 1-fevral kunlariga qadar ikki hafta davomida yakuniy nazorat sinovlar muddati deb belgilangan bo'lib, imtihon jarayonlari belgilangan tartibga ko'ra, tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi.
Nazorat ishlarini o'tkazish, baholash va e'lon qilishda shaffoflikni ta'minlash maqsadida imtihonlarni o'tkazish jarayoni umumiy auditoriyalarda amalga oshirilmoqda.
Nazorat ishi belgilangan tartibda O'quv-uslubiy bo'lim tomonidan muhrlangan daftarlarga yozma shaklda olib boriladi.
Javoblar yozilgan daftarlar professor-o'qituvchilar tomonidan baholanadi va nazorat ish natijalari qisqa muddatda tegishli guruh jurnali va talabaning o'zlashtirish daftarida aks etadi.
TA'LIM MUASSASASI MATBUOT XIZMATI