Яратилиш санаси 05.03.2025

O‘z ixtiyori bilan tanlash imkoniyati

Alloh taborak va ta`oloning go‘zal ismlari va sifatlaridan biri “Aziz” ism sifatidir. Alloh azz ava jalla maxluqotlaridan behojat zotdir. Kishini kofir bo‘lishi Allohga Zarar bermaganidek iymon keltirishi ham mulkida biron narsani ortirib qo‘ymaydi. Shayton alayhil la`na Alloh ta`oloning yaratganlaridan behojatligidagi izzatidan haqsiz foydalandi. Bu holat Qur`oni Karimda qo‘yidagicha bayon qilinadi:

﴿قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ﴾  

(U) (“Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini ig‘vo qilaman,” dedi.) (Sod surasi 82 – oyat)

Lekin, Haqq taborak va ta`olo bizga iblisni rahmatidan quvub solganini xabar qildi. Va uni “Rajim” deb nomladiki, biz tanib bilib qo‘yaylik, - shayton abadiyyan hech qachon Allohning rahmatiga doxil bo‘lmaydi. Shuning uchun shaytonning insoniyatga dushmanligini, hasadini cheki yo‘q. Inson qanchalik razil-tubanlashmasin bar-bir shayton undan rozi emas. Yanada ma`siyatga bottirishdan hormaydi, tolmaydi. 

Iblis Odam alayhis salom va u kishining bolalarini ig‘vo qilishga Alloh ta`ooloning xslqidan behojatligini, hamesha o‘zining ishida g‘olibligini o‘rtaga qo‘yib kirishdi. Agar Alloh azza va jalla xohlasa boshqa maxluqotlar kabi insonni ham majburan itoatli, ma`siyat qilmaydigan qilardi, unda shayton insoniyatga yaqin yo‘lolmasdi. Alloh ta`olo Qur`oni Karimda marhamat qiladiki:

﴿إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةً فَظَلَّتْ أَعْنَاقُهُمْ لَهَا خَاضِعِينَ﴾

(Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-mo‘jiza nozil qilamiz. Bas, bo'yinlari unga egilib qoladi.) (Shuaro surasi 4 – oyat)

Alloh ta`olo xohlasa yalg‘onga chiqaruvchilarni iymon keltirishlariga majburlab qo‘yadigan ochiq dalil tushiradi. Iymonni tanlashdan boshqa chora qolmaydi.

Kundalik hayotimizda atrofimizga e`tibor qilsak, barcha bir-xilda hech qanday ixtiyorsiz itoatu ibodatda barqaror emas. Balki, ba`zi insonlar tabtortmay jinoyatlarga qo‘l urmoqda. Ayni damda dunyo xudojo‘y, diyonatli, yaxshi insonlardan xoli ham emas. Demak, Alloh ta`olo insonga erk, ixtiyor haqqini berdi. Agar xohlasa insonni ham boshqa maxluqlar kabi isyon qilmaydigan, majburan bo‘yin sungan qilib qo‘yardi, ammo Alloh  azza va jalla majburiy iymonni emas, ixtiyoriy iymonni xohladi. 

Qur`oni Karimda Alloh ta`olo shunday marhamat qiladiki: 

﴿وَقُلِ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكُمۡۖ فَمَن شَآءَ فَلۡيُؤۡمِن وَمَن شَآءَ فَلۡيَكۡفُرۡۚ إِنَّآ أَعۡتَدۡنَا لِلظَّـٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمۡ سُرَادِقُهَاۚ وَإِن يَسۡتَغِيثُواْ يُغَاثُواْ بِمَآءٖ كَٱلۡمُهۡلِ يَشۡوِي ٱلۡوُجُوهَۚ بِئۡسَ ٱلشَّرَابُ وَسَآءَتۡ مُرۡتَفَقًا﴾

(“Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin”, degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o'rab oladigan olovni tayyorlab qo'yganmiz. Agar yordam so'rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan 'yordam' beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!) (Kahf surasi 29 – oyat)

Ey insonlar, sizga kelgan haqiqat — Qur'on va Islom — Robbingiz tomonidan yuborilgan. Kim xohlasa, unga iymon keltirsin, kim xohlasa, kufrga ketsin. Bunda majburiyat yo'q, har kim o'z tanlovi uchun javobgardir.

Ammo insonlar "bizga falon mo'jiza ko'rsatilsa, iymon keltiramiz" deb shart qo'ymasinlar. Haqiqat doimo o'z o'rnida turadi, insonlarning xohishiga ko'ra o'zgarmaydi. Agar haqni qabul qilmay, unga qarshi kufr keltirib, zulm qilsalar, ularni kutgan jazo ayanchlidir.

"Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o'rab oladigan olovni tayyorlab qo'yganmiz."

Bu jahannamdir. U yerda zolimlarni o'rab turgan olovli devorlar ularni qochish imkonidan mahrum qiladi.

"Agar yordam so'rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan 'yordam' beriladi."

Bu suv shunday qaynoq va zaharliki, yuzga tegsa, uni qovurib yuboradi. Do'zax ahli chanqoqlikdan azob chekib, majbur bo'lib shu suvni ichadilar.

"Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!"

Bu dunyoda iymonsiz o'tgan zolimlarning oqibati shu kabidir. Ular uchun tayyorlangan jazo va muhit g'oyat dahshatlidir.

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَـٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا

(Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go‘zal ish qilganlarning ajrini zoe qilmasmiz.) (Kahf surasi 30 – oyat)

Bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amal qilganlar u dunyoda ajrlarini to‘liq oladilar.

﴿أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ جَنَّـٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَـٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ نِعْمَ ٱلثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا

"Ana o‘shalar uchun Adn jannatlari bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar ila bezanurlar, shoyi ipdan yaxshi liboslar kiyardilar. Ular u yerda so‘rilar ustida yonboshlagan holda bo‘lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy". (Kahf surasi 30 – oyat)

Bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib o‘tgan bandalarning u dunyodagi ajri jannatdir.

«Ana o‘shalar uchun Adn jannatlari bordir».

«Adn» so‘zi istiqomat ma’nosini bildiradi. Shuningdek, bu so‘z jannatga nom ham bo‘lib qolgan. U jannatlardagi daraxtlarning:

«Ostilaridan anhorlar oqib turadi».

Kofirlar do‘zaxda bir tomchi suvga zor bo‘lib, yordam so‘rasalar ham, suv berilmasligiga qarama-qarshi bu yoqda jannatiylar chanqoq sezmasalar ham, ziynat uchun suv to‘la anhorlarning oqib turishi ajib bir manzarani ifoda etadi. Shuningdek, ularga boshqa xursandchiliklar ham beriladi. Jumladan, ahli jannatlar:

«U yerda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar ila bezanurlar, shoyi iplaridan yaxshi liboslar kiyardilar».

Ya’ni bu dunyoda o‘zlarini tiygan zeb-u ziynatlardan u dunyoda xohlaganlaricha berilishi ham ahli jannatlarga qanchalik ajrlar bo‘lishini ko‘rsatib turibdi.

«Ular u yerda so‘rilar ustida yonboshlagan holda bo‘lurlar».

Bu manzara ularning barkamol rohat-farog‘at olishlarini bildiradi. Ahli jannatlarga:

«Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy».

Oxiratda mo‘minlar bilan kofirlar o‘rtasida shunday ulkan farq bo‘ladi. Mo‘minlar iymonlari va yaxshi amallari ajri sifatida jannatda rohat-farog‘atga erishsalar, kofirlar kufrlari va isyonlari tufayli do‘zaxga tushib, yuqorida vasf qilinganidek, azob-uqubatga yo‘liqadilar. Ularning bu holga tushishlarining yana bir sababi dunyo zeb-u ziynatlariga berilishlari, o‘sha zeb-u ziynatlarni deb, oxiratni unutishlaridir.

Alloh ta’olo insonni ixtiyor va erk bilan yaratdi. U xohlasa, barcha maxluqotlarni majburiy itoatga bo‘ysundirib qo‘yardi, ammo insonni o‘z ixtiyori bilan imonni qabul qilish yoki inkor etish imkoniyati bilan sinadi. Shayton insonni doimo yo‘ldan urish harakatida bo‘ladi, lekin insonning haqiqiy dushmani ekanligi aniq bildirildi va ogohlantirildi.

Qur’oni Karimda insonlarga tanlov huquqi berilganligi ochiq bayon etiladi: kim iymon keltirsa, najot topadi, kim kufrga ketsa, oqibati og‘ir bo‘ladi. Alloh ta’olo hech kimga zulm qilmaydi, balki inson o‘zi o‘z tanlovi bilan najot yoki halokat yo‘lini tanlaydi. Iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlar abadiy ne’matlarga ega bo‘lib, jannatda huzur-halovat topadilar. Kufr va isyon yo‘lini tutganlar esa do‘zax azobiga duchor bo‘ladilar.

Bu dunyo imtihon makoni, har bir inson o‘z tanlovining natijasiga ko‘ra oxiratda mukofot yoki jazo oladi. Alloh ta’olo majburiy iymonni emas, ixtiyoriy iymonni xohladi, shuning uchun har bir inson o‘z iymonini mustahkam saqlash va to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga harakat qilishi lozim.

Ziyayev Abduqahhor

ta'lim muassasasi o'qituvchisi