
Yanvar oyi kitobxonlari taqdirlandi
Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilish vayoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilidadarslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.
Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa yanvar oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda o’n bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishga undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi.
Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida ta’lim muassasa 1-kurs 57-guruh talabasi Munavvarov Axrorxon yanvar oyida belgilangan vazifani o’z vaqtida to’liq bajargan xolda g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Bu borada eng yuqori yetti o’rin quyidagicha:
1. Munavvarov Axrorxon 1-kurs 57-guruh-31kun
2. Ubaydullayev Qobiljon 2-kurs 54-guruh-31 kun
3. Nazrilloyev Muhammadsodiq 2-kurs 54-guruh-31 kun
4. Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh-31kun
5. Abdulvohidov Muhammadyusuf 3-kurs 51-guruh-31 kun
6. Hakimjonov Mirzosharifjon 2-kurs 54-guruh-17 kun


Qo’shimcha tarzda jami hisoblaganda eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba ham imtiyozli ravishda qo’shimcha taqdirland. Bu nomga esa 2-kurs 54-guruh talabasi Nazrilloyev Muhammadsodiq musharraf bo’ldi. Bu borada natija quyidagicha:
1. Nazrilloyev Muhammadsodiq 2-kurs 54-guruh
2. Abdulvohidov Muhammadyusuf 3-kurs 51-guruh
3. Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh
4. Munavvarov Axrorxon 1-kurs 57-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha bu oyda shartlarni to’liq bajargan talabalar bo’lmagani sababli bu yo’nalishda g’olib aniqlanmadi.


Bu oy ushbu bellashuvda jami 28 nafar talaba ishtirok etishdi.
Guruhlar kesimida hisoblaganda eng ko’p ishtirokchi 1-kurs 56-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kiyimlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni ta’lim muassasa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov topshirdi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” oʻrta maxsus Islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi