
Fevral oyida uch nafar kitobxon taqdirlandi
Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilish va yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.
Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda.Ushbu musobaqa fevral oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda o’n ikki bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Kitob o’qishda xatosiz o’qishga harakat qilish va tarjima qilish, o’qigan kitobidan imtihon topshirilmasada lekin mavzulari haqida so’zlab bera olish salohiyatiga ega bo’lish talab etildi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi.






Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida ta’lim muassasa 2-kurs 55-guruh talabasi Adashaliyev Bilolxon yanvar oyida belgilangan vazifani o’z vaqtida to’liq bajargan xoldag’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada eng yuqori sakkiz o’rin quyidagicha:
- Adashaliyev Bilolxon 2-kurs 55-guruh-28 kun
- Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh-28 kun
- Ubaydullayev Qobiljon 2-kurs 54-guruh-27 kun
- Jomoliddinov Shoxijaxon 2-kurs 54-guruh-24 kun
- Maxanov Abdulaziz 1-kurs 57-guruh-21 kun
- Abdulvohidov Muhammadyusuf 3-kurs 51-guruh-20 kun
- Nuriddinov Nurmuxammad 2-kurs 54-guruh-18 kun
- Abdumalikov Abduxoliq 2-kurs 54-guruh-16 kun
Qo’shimcha tarzda jami hisoblaganda eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba ham imtiyozli ravishda qo’shimcha taqdirland. Bu nomga esa 1-kurs 57-guruh talabasi Maxanov Abdulaziz musharraf bo’ldi. Bu borada natija quyidagicha:
- Maxanov Abdulaziz 1-kurs 57-guruh
- Abdulboriev Ibroximxon 3-kurs 51-guruh
- Adashaliyev Bilolxon 2-kurs 55-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kun kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 48-guruh talabasi Abdumalikov Baxtiyor bo’ldi, va u ham munosib taqdirlandi







Bu oy ushbu bellashuvda jami 26 nafar talaba ishtirok etishdi.
Guruhlar kesimida hisoblaganda eng ko’p ishtirokchi 1-kurs 56-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kiyimlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni ta’lim muassasa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov topshirdi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi