Яратилиш санаси 10.04.2025

“Tahorat va namoz bobini yodlash musobaqasig’oliblari mukofotlandi”

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida fiqh fanidan “Muxtasarul viqoya” kitobidan tahoratva namoz bobini yodlash bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi. Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada tahorat va namoz bobini hammasini to’liq yodlab berishi lozim edi. Musobaqa 2024-yil dekabr oyidan to 2025-yil 31-yanvar gacha davom etdi Yakunda ushbu shartni bajargan talabalar orasidan g’oliblikni qo’lga kiritgan uch nafar talaba sovrinli o’rinni egalladilar. Bular:

1-o’rin:  2-kurs 54-guruh talabasi Alixonov Abdurahmon jami 99 ball

2-o’rin: 2-kurs 54-guruh talabasi NazrullaevMuhammadsodiq jami 99 ball

3-o’rin: 2-kurs 55-guruh talabasi Rahmatullaev Muhammaxalil jami 96 ball

o’zaro kichik farq ila o’rinlarni egalladilar.

Sovrindor bo’lgan talabalar ta’lim muassasa ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov tomonidan musobaqa sovrini bo’lgan kitob bilan taqdirlandilar.

Bu musobaqaning ikkinchi bosqichi edi. Uchinchi bosqish esa aprel oyidan davom etuapti. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi.

Yusufxon Shodiev

 “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim

muassasasi fiqh fani o’qituvchisi