Яратилиш санаси 28.03.2025

Abdulloh ibn Mas’udning Qur’onni sunnati nabaviy bilan tafsir qilishlari

Zarr ibn Hubaysh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan Alloh taoloning: “Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida” (Najm surasi, 14-oyat) degan oyatini quyidagi hadis bilan tafsir qiladilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar: “Men Jabroilni ko’rdim. Uning o’lti yuzta qanoti bor. Patlaridan  durlar va yoqutlardan bezaklar yoyiladi”.[1]

Alloh taoloning: “Ular (jannat ahli) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq yuradigan zotlardir” (Najm surasi, 32-oyat) oyatini tafsirida Abdulloh ibn Mas’ud shunday dedilar: ko’zlarning zinosi qarashlikdir. Lablarning zinosi o’pishlikdir. Qo’llarning zinosi ushlashlikdir. Oyoqlarning zinosi yurib borishlikdir. Buni farj tasdilaydi yoki yolg’onga chiqaradi. Agar farji bilan shuni keltirsa, zino qilgan bo’ladi. Agar shu ishni qilmasa, kichik xato qilgan bo’ladi. 

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Rosululloh sallollohu alayhi va sallamning hadislari mazmunini olib, kichik xatolar so’zini mana shu ma’no bilan tafsir qildilar. Rosululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar: Alloh taolo Odam bolasiga zinodan bo’lgan ulushini yozib qo’ygan. Unga hech bir muholsiz yetadi. Ko’zlarning zinosi qarashlik, tillarning zinosi nutq qilishlik, nafsning zinosi istashlik va ishtaha qilishdir. Farj esa buni tasdiq qiladi yoki yolg’onga chiqaradi”.[2]

Zarr ibn Hubaysh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Mas’ud Alloh taoloning: “(Ey, Muhammad,) ularni (Makka mushriklarini) barcha ish bitirilgan hasrat kuni - (Qiyomat)dan qo'rqiting!” (Maryam surasi, 39-oyat) oyatini quyidagiday tafsir qiladilar: jannat ahli jannatga kirsalar. Do’zah ahli do’zahga kirsalar, o’lim ko’zida oqi bor qo’y suratida keltiriladi. Jannat va do’zah orasida to’xtatiladi. So’ngra bir nido qiluvchi nido qiladi: ey jannat ahli, mana bu dunyoda odamlarni o’ldirgan o’lim bo’ladi. Na illliyinning eng yuqorisida, na jannatning eng quyi darajasida birorta ham unga qaramay turgan zot qoldmaydi. Keyin yana nido qilinadi: ey ahli jahannam, mana bu dunyoda odamlarni o’ldirgan o’lim bo’ladi. Jahannamning sayoz bo’lmagan joyidan to eng quyisigacha ham unga qaramagan odam qolmaydi. So’ngra jannat va do’zahning o’rtasida so’yiladi. So’ngra nido qilinadi: ey jannat ahli, mana shu abadiy qoluvchilarning abadiyligidir. Ey ahli Jahannam, mana shu abadiy qoluvchilarning abadiyligidir. Shu onda jannat ahli shunday darajada sevinadilarki, agar biror kishi sevinchdan o’lgan bo’lsa, ana shunday o’lardilar. Jahannam ahli shunday bo’kiradilarki, kimdir bundan o’lgan bo’lsa, ular ham o’lgan bo’lar edilar. Mana shu Alloh taoloning: “(Ey, Muhammad,) ularni (Makka mushriklarini) barcha ish bitirilgan hasrat kuni - (Qiyomat)dan qo'rqiting!” degan so’zidandir. So’ngra deydilar: agar o’lim so’yilsa).[3] Bu ham sahih hadisning mazmunidan olingan.[4]          

Alloh taoloning: “o'zi yaxshi ko'rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga” (Baqara surasi, 177-oyat) mana shu oyatida shunday dedilar: sadaqa qil, sen sahiy bo’lasan. Xasis bo’lsa, mboylikni orzu qiladi va kambag’allikdan qo’rqadi. 

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Nabiy sollollohu alayhi va sallam dedilar: Qo’lida moli bo’lib, uning haqqini ado qilmagan kishini qiyomat kunida bo’ynilariga bo’yintiriq qilib ilib qo’yiladi. Undan harchand qochishga urinmasin, u unga baribir yetib olaveradi”. So’ngra so’zlarining tasdiqi o’laroq quyidagi oyatni o’qidilar: “Allohning fazli bilan bergan narsasi ustida baxillik qiluvchilar buni o'zlariga yaxshi deb hisoblamasinlar! Aslo! Bu ular uchun yomondir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari (o'z bo'yinlariga) bo'yinturuq qilib ilib qo'yiladi. Osmonlar va Yerning merosi Allohga (qolur). Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. (Oli Imron surasi, 180-oyat).[5]

Masruq ibn Ajda’dan rivoyat qilinadi: Abdullohdan, u ibn Mas’uddir, Alloh taoloning mana shu: “Alloh yo'lida o'ldirilganlarni aslo o'lik deb hisoblamang! Aslida (ular) tirikdirlar, Parvardigorlari huzurida rizqlanib tururlar” (Oli Imron surasi, 169-oyat) oyati haqida so’radik. U kishi dedi: biz ham mana shu haqida so’ragan edik. So’ngra dedi: ularning ruhlari zangori qushning ichida bo’ladi. Ularning Arshga osilgan qandillari bo’ladi. Jannatning xohlagan joyiga boradilar. So’ngra haligi qandillarga qaytib keladilar. Robbilari ularga qarab turib: “Yana biror narsa xohlaysizlarmi”, - deydi. Ular: “Biz jannatning xohlagan joyiga borayotgan bo’lsak, yana nima xohlar edik”, - deyishadi. Shu narsa uch bor takrorlanadi, ammo savol davom etaverishini ko’rganlaridan so’ng: “Ey Robbimiz, toki sening yo’lingda yana qatl bo’lishimiz uchun, ruhimizni jasadlarimizga qaytarishingni so’raymiz”, - deydilar.[6]

[1] Tafsiri ibn Kasir, 2/248.

[2] Sahihul Buxoriy. Isti’zon kitobi. 7/130. Sahihil Muslim. Qadar kitobi. 8/52.

[3] Tafsiri ibn Kasir, 3/122.

[4] Sahihul Buxoriy, Qur’on tafsiri kitobi. 5/236. Imom Ahmad musnadi, 2/377. Mana shu rivoyatlarda Abdulloh ibn Mas’udni sanadni Rosululloh sallollohu alayhi va sallamgacha yetkazmaganini topdik. Mana shu narsa hadisga ziyodalik yoki noqislik kiritib qo’yishlikdek xavf va harajning ziyodalgini oshirib yuboradi. Bu holat Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning: “Menga kim qasddan yolg’on to’qiydigan bo’lsa, o’rnini jahnnamdan tayyorlan sqo’yaversin”, degan vaiydlari ostiga kirib qolishi bor edi. shuning uchunhamki, agar mana shu narsa Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga qavlan nisbat berilsa, takrorlanadi: yoki aytganidek, mana shu kabi, shunga yaqin kabi lafzlar bilan takrorlanganda edi, bizga shaxsiyatining kalitini aniqlashtirib bergan bo’lar edi. lekin mana shu narsa Abdulloh ibn Mas’udning hadisning ma’nosini rivoyat qilganlari sababidandir. 

[5] Buxoriy rivoyati. Zakot kitobi. 2/111. Termiziy, tafsir kitobi. 4/299. Musnad, 3577. Ma’nodagi ixtiloflar bilan. 

[6]Muslim, 6/39. 1887. Termiziy, tafsir kitobi. 4/299.

Isoqjanov Muhammad Ibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi