Яратилиш санаси 12.04.2025

“Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish”

Joriy yilning 12-aprel kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida diniy-ma’rifiy sohada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkurtadbirda muassasaning o‘qituvchilari, xodimlari, shuningdek, talabalari faol ishtirok etdilar.  

Tadbirda Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshed Muxtorovich Xatamov, viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda Namangan viloyati malaka oshirish markazi mintaqaviy filialining ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Qobilxon Yusupov maxsus mehmon sifatida qatnashdilar va o‘z ma’ruzalari orqali ishtirokchilarga chuqur mazmunli, hayotiy va amaliy ko‘rsatmalar berdilar.


 

So‘z olgan notiq Q.Yusupov o‘z so‘zida din va jamiyat munosabati, imom-xatib va va’zxonlarning xalq ongini shakllantirishdagi roli, diniy soha xodimlarining o‘zini tutishi, so‘zi va amalining uyg‘unligiga oid muhim nuqtalarni ko‘tarib chiqdi. Hadislarning ma’nosi, shariat asosida tahlili va ularni bugungi kunning ijtimoiy masalalariga tatbiq etish haqida so‘z yuritdi. Har bir hadis — bu nabaviy hikmat va ta’limot ekani, uni avom xalq emas, ilm egalari, fiqh va uslubda yetarlicha bilimga ega ulamolar talqinida tushunish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida J.Xatamov tomonidan Vatanga muhabbat, milliy g‘oya, tinchlikni qadrlash va barqarorlikni ta’minlash, "Vatanni sevmoq — iymondandir" degan hadis mazmunida ta’lim berish, millat va din birligi, yurt tinchligi va axloqiy sog‘lomlashuv kabi masalalar tahlil qilindi.

Shu bilan birga yoshlar orasida ilmga muhabbat uyg‘otish, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoya qilish, radikallashuvni oldini olish, dinimizning haqiqiy mohiyatini to‘g‘ri anglatishning samarali usullarini tushuntirib o‘tdi. 

Tadbir oxirida talabalar tomonidan berilgan savollarga mehmonlar atroflicha javob berdilar. Muhokama jarayonida dunyoviy va diniy bilimlarni uyg‘un xolda olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbir yuqori saviyada, mazmunan boy, ruhan ko‘tarinki muhitda tashkil etildi. Unda ishtirokchilar diniy-ma’rifiy bilimlarini yanada chuqurlashtirish, Vatanga, xalqqa va tinchlikka sadoqat bilan xizmat qilish, Qur’oni karim oyatlari va hadislarni to‘g‘ri anglash bo‘yicha muhim ma’lumot oldilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati