“Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati”
"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Axborot va murabbiylik soati” doirasida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
- Milliy qadriyatlarning yoshlar ongi va qalbiga singdirishdagi o‘rnini ochib berish.
- Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy madaniy merosni asrab-avaylash hamda unga hurmat ruhida yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish.
- Zamonaviy axborot xurujlari va globallashuv davrida yoshlarning milliy o‘zligini unutmasligi, qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishi muhimligini tushuntirish.
- Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘un holda olib borish va zamon talablariga mos ravishda rivojlanish ahamiyatini ta’kidlash.
Davra suhbati davomida so‘z olganlar yoshlarning bugungi kundagi dunyoqarashi, ularning milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, ajdodlar merosiga hurmat – bu kelajakka bo‘lgan hurmat ekanligi, har bir talaba o‘zining asl ildizlarini unutmagan holda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarni egallashi zarurligi e’tirof etildi.
Tadbirda Tarbiyachi-pedagog I.Dadabayev, guruh rahbari A.Shermatov hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.





Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati