Ta'lim muassasasida mavlid tadbiri bo'lib o'tdi
Ta'lim muassasasida "Sentyabr oyi - Islom tarixi, diniy an'ana va marosimlar hamda Oʻzbekistoning eng yangi tarixi fanlari oyligi" deb e'lon qilingani hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy munosabati bilan joriy yil 10-sentyabr kuni tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ta'lim muassasasi direktori Qobiljon Mirzabayev hamda ta'lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.
Kirish so‘zini ta'lim muassasasi islom tarixi oʻqituvchisi Abdusamad domla Usmanov muborak Rabi’ul avval oyi ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy haqida so‘z yuritib, bu oyda barchalarimiz olamlar sarvari, butun insoniyatga oxirzamon payg‘ambari qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning siyratlarini, hayotlarini yanada kengroq o‘rganish, har bir amalimizda u zotga ergashish lozimligi haqida aytib o‘tdi.


Tadbirni davom ettirish uchun so’zni ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Nuriddin domla Xoshimov Ustoz va talabalarni mavlud bayram bilan tabriklab Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bagʻishlab yozilgan baytlarni oʻqish borasidagi ulamolar soʻzlari haqida ma'lumot berdi.




Tadbir davomida ta’lim muassasasi talabalari tomonidan imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayhining mavlidlari, hamda xatmul qur’on va salovotlar o‘qildi. Tadbir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat va u zotning sunnatlariga ergashish yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi.






Tadbir so‘ngida yurtimiz tinchligi, uning osoyishtaligi bardavom bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati