Яратилиш санаси 15.04.2025

Abdulboriyev Ibrohim mart oyi kitobxoni

Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilish vayoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilidadarslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.

Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa mart oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda o’n uch bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Kitob o’qishda xatosiz o’qishga harakat qilish va tarjima qilish,  o’qigan kitobidan imtihon topshirilmasada lekin mavzulari haqida so’zlab bera olish salohiyatiga ega bo’lish talab etildi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga  xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.

Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida ta’lim muassasa 3-kurs 51-guruh talabasi Abdulboriev Ibrohim mart oyida belgilangan vazifani o’z vaqtida to’liq bajargan xolda g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu oy ramazon oyi bo’lganligiga qaramay Ibrohim jiddu-jahd ko’rsatdi. Qur’on oyi munosabati bilan qolgan yo’nalishlarda talabalar orasida g’oliblar bo’lmadi.
G’olib homiylarni jalb etgan xolda kitoblar vapul mukofotlari bilan taqdirlandi. Sovrinni ta’lim muassasa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov topshirdi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.


 Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” oʻrta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi