
Sarf bilan nahv orasidagi farq
Sarf bilan nahv orasidagi farq quyidagicha. Sarf ilmi, kalimalarning yolg`iz holini tekshiradi. Nahv ilmi esa, kalimalarning jumlaga kirib, oxirlarini o`zgarish yoki o`zgarmasligini tekshiradi.
“Sarf ilmlar onasi, nahv esa uning otasidir”.
Hammaga ma'lumki, har bir til o`zining grammatik atamalari bilan o`quvchiga o`rgatiladi. M: rus tilida “ot” ni (imya suhestvitelnoye), «fe'l» ni (glagol) deb, o`rgatib kelingan.
Fe'llar tarkibiga zamon shakllari, darajalari, shuningdek, o`z mazmunlariga ko`ra, sifatdosh va masdarlar kiradi. Umuman, fe'llar turli shakllarning juda rivojlanganligi va keng qo`llanilishi, fe'liy boblarning mavjudligi, barcha boblarning hamma zamonlarda tuslanishi, shaxs shakllari (birlik, ikkilik, ko`rlik)ning mavjudligi, mayllar (aniqlik, buyruq, istak, shart, kuchaytirma)ning rivojlanganligi; darajalar (aniq, majhul)ning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Arab tilidagi kalimalardagi o`zak harflar bilan chetdan qo`shilgan harflarni ajratish uchun maxsus vazn, ya'ni o`lchov ishlab chiqilgan.
Bu vazn “ﻒ, ﻉ, ﻞ” harflaridan iboratdir. Bu harflarga vazn va mezon harflari deyiladi.
Bir kalimani o`lchaganda “ﻒ” harfi o`zak harflardan avvalgisiga, “ﻉ” harfi ikkinchisiga, “ﻞ” harfi uchinchisi to`g`risiga qo`yiladi. Masalan, ??ning vazni ???dir. Bulardan ??? vazn, ??? esa mavzundir. Mavzun harflari nechta harakat bilan harakatlargan bo`lsa, vazn harflari ham to`g`risidagi harflarning harakatlari bilan teng harakatli bo`ladi.
Mavzunda vazning “ﻒ”si to`g`risiga tushgan harfni kalimaning “??”si, “ﻉ”ito`g`risiga tushgan harfni kalimaning “???”i, “ﻞ” to`g`risiga tushgan harfni kalimaning “??”i deyiladi.
Masalan, ??? dagi “??” “ﻙ” ga, “???” “ﺕ” ga, “??” “ﺏ” ga to`g`ri keladi.
Ma'lumki, arab tili uch qismga bo`linadi:
- Fonetika – tovush va uning yozuvdagi ifodasini o`rganuvchi fan.
- Sarf (morfologiya) – so`zlarni o`rganuvchi fan.
- Sintaksis – gar tuzilishini o`rganuvchi fan.
Morfologiya (yun. morrhe — shakl va... logiya) (t i l sh u n o s l i k d a ) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) so`z shakllari haqidagi ta'limot. Birinchi ma'nosida ob'yektni anglatsa, ikkinchi ma'nosida tilshunoslikning shu ob'yektni o`rganuvchi bo`limini bildiradi.
Morfologiya so`z turkumlari, ularga xos grammatik ma'nolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik ma'nolar va shaklarni o`rganadi. Til tizimdan iborat bo`lganidek, uning ma'nosi ham o`ziga xos tizimni tashkil etadi. O`z navbatida, morfologik tizim xam o`ziga xos kichik tizimlarda» tashkil toradi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning morfologiyasi yaxlit holda, tizim sifatida o`rganiladi.
Har bir so`z turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar so`z turkumiga xos ma'lum bir hodisaga oid umumiy va xususiy ma'nolar va bu ma'nolarni ifodalovchi so`z shakllari birligidan iborat bo`ladi. Ana shu so`z shakllari va ularga xos umumiy va xususiy ma'nolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Masalan, fe'lning zamon kategoriyasi fe'l morfolgiyasida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun fe'lning zamonlariga nisbatan «fe'l zamonlari tizimi» degan ibora ham qo`llanadi. Fe'lning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy bo`lgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid fe'l shakli o`ziga xos xususiyatga ega. Masalan, o`tgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, xozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Fe'l zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kategoriyasining, fe'l zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, fe'l turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan fe'lning morfologik tizimi yoritiladi.
Axunjanov Qobilxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi