Яратилиш санаси 15.05.2025

Aprel oyida uch nafar kitobxon g’olib bo’ldi

Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilish vayoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilidadarslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.

Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa aprel oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda o’n besh betkitob o’qish vazifa etib belgilandi. Kitob o’qishda xatosiz o’qishga harakat qilish va tarjima qilish, o’qigan kitobidan imtihon topshirilmasada lekin mavzulari haqida so’zlab bera olish salohiyatiga ega bo’lish talab etildi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi. Bu yo’nalishda esa har kuni 33 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida uch nafar talaba belgilangan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin ta’lim muassasa 2-kurs 54-guruh talabasi Jamalov Qodirxon apreloyida belgilangan betlarni har kuni hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada eng yuqori o’rinni egallaganlar quyidagicha:

1. Jamalov Qodirxon 2-kurs 54-guruh-30 kun
2. Alixonov Abdurahmon 2-kurs 54-guruh-30kun
3. Is’hoqov Abdulahad 2-kurs 54-guruh-30 kun
4. Ubaydullayev  Qobiljon 2-kurs 54-guruh-27kun
5. Ismoilov Sharifjon 1-kurs 56-guruh-25 kun
6. Miraliyev Muxammadsharif 1-kurs 57-guruh-19 kun

Qo’shimcha tarzda jami hisoblaganda eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba ham imtiyozli ravishda qo’shimcha taqdirland. Bu nomga esa 1-kurs 56-guruh talabasi Ismoilov Sharifjonmusharraf bo’ldi. Bu borada natija quyidagicha:

1. Ismoilov Sharifjon 1-kurs 56-guruh
2. Miraliyev Muxammadsharif 1-kurs 57-guruh

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kun kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 48-guruh talabasi Valiyev Abdullaziz g’olib bo’ldi, va u ham munosib taqdirlandi.

Aprel oyida kitobxonlik bellashuvida jami 15nafar talaba ishtirok etishdi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda eng ko’p ishtirokchi 2-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kiyim-kechak, moddiy rag’batlantirish va kitoblar bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.

 Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” oʻrta maxsus Islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi