Яратилиш санаси 20.05.2025

Ta'lim muassasasida xatm kutub qilindi...

Kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi, uni ezgu maqsadlarga chorlovchi yo’ldoshidir. Kitob orqali inson yurar yo’lini yoritadi, u bilan bir umr hamroh bo’lib yashaydi. Ana shunday maqsadlarni ko’zlab,talabalar bo’sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda “Hidoya” islom ta’lim muassasasida talabalar bilan asosiy darsdan tashqari vaqtlarida qo’shimcha to’garaklar tashkil etilgan.

Ta’lim muassasa ustozlari tomonidan asosiy darslik fanga qo’shimcha tarzda fanga doir boshqa adabiyotlarni ham talabalar bilan mutolaa qilish va fanni o’quvchilar yanada chuqurroq egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mana shu an’anani davom ettirgan holda ta’lim muassasasidaxatmi kutub (kitoblarni oxirigacha o’qib tugatish)qilindi. Unda ta’lim muassasa fiqh fani o’qituvchisi Yusufxon Shodiyev rahbarligida 54-guruh 2-kurs talabalari Hasan ibn Ammor Shurunbuloliyning “Nurul izoh” kitobini boshidan oxiriga qadar arabiy matni o’qib tarjima qilib tugatildi. Ushbu jarayon 2024-yil oktyabr oyida boshlangan bo’lib, yetti oy davomida o’qilib, 2025-yil may oyi o’rtasida yakuniga yetkazildi. Kitobni tugatish jarayonida ta’lim muassasa o’quv ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari-S. Madmusaev, o’qub uslubiy bo’lim boshlig’i-A. Tursunov va ta’lim muassasa ustozlari ishtirok etishdi. Unda kitobning oxirgi sahifasi talabalar tomonidan o’qilib ustozlar guvohligida yakun yasaldi.

Ta’lim muassasasi katta ustozi Azimxon domla Abdullaev “Nurul izoh” kitobi haqida fikr bildirib; unda ko’plab furu’ masalalari joy olgani, tushunish va tatbiq etishga juda qulay yoritilganinie’tirof qilib o’tdi. Umuman ustoz hamrohligida bir kitobni tugatish kata natija ekani, ayniqsa, kelgusidaimomlik faoliyatida asqotishi ta’kidlab o’tildi. Tadbir so’nggida esa bu xatmi kutub boshqa kitoblar tugatilishi uchun debocha bo’lishini tilab ustozlarning xayrli duolari yakunlandi.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi