
“Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targ‘iboti”
“Hidoya” o‘rta maxsus islomiy ta’lim muassasasida “Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targ‘iboti” oyligi doirasida zakovat musobaqasi tashkil etildi
2025-yil 22-may kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islomiy ta’lim muassasasida “Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targ‘iboti” oyligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, tafakkur doirasini kengaytirish hamda jamoaviy fikrlash madaniyatini shakllantirishga qaratildi.





Tadbirlar doirasida 3-bosqich talabalari o‘rtasida o'tkazilgan zakovat musobaqasi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bilim, tafakkur va zukkolik maydoniga aylangan ushbu musobaqa talabalarning yuksak intellektual salohiyatini namoyon etdi. Ishtirokchilar diniy, tarixiy, huquqiy va zamonaviy mavzulardagi savollarga katta qiziqish bilan javob berib, bilimga chanqoqlik va sog‘lom raqobat muhiti yaratdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni zamonaviy dunyoqarashga ega yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.