
Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targʻiboti
2025-yil 28-may kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 4-bosqich talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida diniy sohaga oid davlat siyosatining konsepsiyasi mazmuni va ahamiyatiga bag‘ishlangan viktorina bo‘lib o‘tdi.


Tadbirga Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi tarix fanlari nomzodi dotsent Z.Yusupov,ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Madmusayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Nasritdinov,muassasa o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar .
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Talabalarda vijdon erkinligi haqidagi bilimni mustahkamlash;



O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy islohotlar haqida xabardorlikni oshirish;
Qonunchilik va fuqarolik burchi haqida ongni yuksaltirish;
Intellektual musobaqa orqali talabalarning faolligini rag‘batlantirish;
talabalarning din va davlat munosabatlari, islom ma’rifati, hamda milliy qadriyatlar asosida yuritilayotgan davlat siyosatidan xabardorligini oshirish, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va fikrlash madaniyatini mustahkamlashdan iboratdir.




Viktorinada talabalar jamoaviy vaindividual shaklda ishtirok etishdi. Savollar konsepsiyaning asosiymazmuni, maqsad va vazifalari, diniy ta’lim, ekstremizmga qarshi kurash, bag‘rikenglik va tinchlikkabi mavzularni qamrab oldi.
Talabalarning faol ishtiroki, bilim va fahmni namoyon qilgan javoblari tadbirga hayotbaxsh ruh baxsh etdi. Gʻoliblarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Ushbu ma’rifiy tadbir talabalarning diniy va huquqiy bilimlarini yanada chuqurlashtirishda, fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim o‘rin tutdi. Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida ongli jamiyatni shakllantirish, islohotlarga faol fuqarolik munosabatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati