
Jinlar qanday shaklga kira oladi?
Qozi Abu Ya’lo Muhammad ibn Husayn ibn Firoshunday deydi: “Shaytonlarda o‘z xilqatlarinio‘zgartirish va turli suratlarga kira olishlikka kuch-qudrat yo‘qdir. Balk Alloh taolo ularga agar qilishsayoki gapirishsa, bir suratdan boshqa suratgao‘tkazadigan kalimalarni yoki turli amallarni o‘rgatishimumkin bo‘lgan. U ko‘rinish yoki tuyulishga qodirdeyilganda, shunday ma’no tushiniladi: “U aytsa yoqilsa, Alloh taolo odat bo‘yicha bir suratdan boshqasuratga o‘tkazadigan so‘z yo ishni aytish yoki qilishgaqodirdir. Ammo u o‘z holicha surat va shaklga kirishimumkin emas. Chunki, uning bir suratdan boshqasuratga o‘tishi gavda bichimini buzish va bo‘laklargaajratish bilan amalga oshadi. Bichim buzilganda esahayot xotima topadi”.
Bu fikr yaxshi, lekin dalilga muhtoj. Bunga Ibn Abu Shayba keltirgan ushbu rivoyat dalil bo‘lishimumkin: “Umar ibn Xattobning huzurida alvastialmog‘izlarni zikr qilishdi. U zot: “Albatta biror kishiAlloh yaratgan suratdan boshqa shaklga kira olmaydi. Lekin sizlarning sehrgarlaringiz kabi ularning ham sehrgarlari bor. Agar buni ko‘rsangiz shunday bo‘lishimumkin deb biling”. Hofiz bu rivoyatning sanadinisahih degan. Buni Ibn Abu Dunyo ham hasan isnodbilan naql qilgan.
Ammo Ibn Abu Dunyo Jobir roziyallohu anhudankeltirgan: “Rasululloh alayhissalomdan alvasti-almog‘izlar haqida so‘ralganda: Ular jinlarningsehrgarlaridir”, dedilar”, degan hadis juda ham zaifdir. Uning sanadida uchta illat bor. Lekin bu o‘rinda unisharhlab o‘tirmaymiz.
Ammo bu gap Imom Muslim o‘z «Sahih” idaJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan: “Kasal yuqishi, yomonlik alomati va yalmog‘iz alvasti yo‘q”, degan hadisni rad etmaydi. Chunki,bunda yalmog‘iz-alvastilarni inkor etilmayabti, balki arablaro‘ylaganidek, yalmog‘iz-alvastilar odamlarniadashtirishi yo‘q narsa, deyilyapti.
Imom Navaviy rahimahulloh dedilar: “Jumhurulamolarning aytishicha, arablar yalmog‘iz-alvastilarcho‘llarda bo‘ladi. U shaytonlarning bir toifasi bo‘lib, odamlar ko‘ziga ko‘rinadi, turli ranglarda turlanib, ularni so‘ldan adashtiradi, deb o‘ylashadi. Payg‘ambaralayhissalom mana shuni inkor etadilar”.
Yana aytishadiki: “Hadisdan yalmog‘iz-alvastimavjudligini inkor etish tushunilmaydi, balki uningma’nosi arablarning yalmog‘iz alvastilar turlisuratlarda turlanishi va adashtirishi haqidagi o‘y-gumonlarni bekor qilish, xolos. “Yalmog‘iz-alvastiyo‘q” degani u hech kimni adashtirishga qodir emas, deganidir”.
Imom Muslim “Sahih”ida Hishom ibn Zuhraningquli Abu Soibdan ushbu rivoyatni keltiradi: “Men Abu Sa’id Xudriyning huzuriga kirdim. U zot namozo‘qiyotgan ekan, namozni tugaguncha kutib turdim. Shunda uylaridagi yotoqning osti qimirlayotganiniko‘rdim. Bir vaqt qarasam, u ilon ekan, o‘ldirish uchuno‘rnimdan tursam. Abu Sa’id ishora qildi. Ilon ketgach, menga hovlidagi bir uyni ko‘rsatdi va: “Bu uyniko‘rapsanmi?” dedi. Men; “ha”, dedim. U kishishunday dedi: “Bu uyda yangi uylangan bir yigitturardi. U Rasululloh alayhissalom bilan Handaqg‘azotiga birga bordi: Payg‘ambar Handaqdaekanliklarida oldilariga kelib: Yo Rasulalloh, mengaizn bering, oilam oldiga borib kelay”, dedi. Rasulullohalayhissalom ruxsat berdilar va “o‘zing bilan qurol-aslahangni ol. Chunki, Bani Qurayzadan senga birorzarar yetadi deb qurqaman”, dedilar. Yigit jo‘nadi. Kelib qarasa, hotini eshik kesakisiga suyanib turganekan. Rashki kelib unga nayzasini otmoqchi bo‘ldi. Shunda xotini: “Uyingga kirib, ichkaridagi narsaniko‘rmaguningcha shoshma”, dedi. U uyiga kiribto‘shagida quchala bo‘lib yotgan ilonni kurib unganayza sanchdi. Bu ishidan xursand bo‘lib uni hovligaosib qo‘ydi. Shunda ilon nayza ichida tipirchilanibqoldi. Yigit esa joni uzilib yerga yiqildi. Qaysi biri, yigitmi yoki ilonmi oldin o‘lganini bilib bo‘lmasdi. Bu hodisa Payg‘ambar alayhissalomga xabar berilganda, u zot dedilar: “Albatta Madinada jinlar islomga kirdi. Ulardan birortasini ko‘rsangiz, uch kun muhlat bering, agar shundan keyin(ularning qandayligi) sizga ma’lumbo‘lsa, o‘ldiring. Chunki u shayton bo‘ladi”.
Yoqubjanov Abdurashid
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi