Яратилиш санаси 12.06.2025

Tabiatni asrash – iymonning bir bo‘lagi

Tabiat – bu Yaratganning insoniyatga bergan eng go‘zal ne’matlaridan biridir. Daraxtlar, hayvonlar, daryolar, tog‘lar – bularning har biri biz uchun nafli, hayot manbai. Uni asrash esa faqat foyda emas, balki ibodatdir.

Qur’on va hadisda tabiat haqida nima deyilgan?

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

"Yer yuzida fasod (buzg‘unchilik) qilmanglar! (A’rof surasi, 56-oyat)

Bu oyat bizga tabiatga ziyon yetkazmaslik, uni asrashga da’vat qiladi. Yana bir oyatda:

"Biz har bir narsani bir o‘lchov bilan yaratdik." (Qamar surasi, 49-oyat)

Tabiatdagi muvozanat Allohning hikmati bilan barpo etilgan. Insonning bu muvozanatni buzishi – o‘z hayotiga ham xatar tug‘diradi.

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) esa aytganlar:

 “Agar bir musulmon daraxt eksa yoki bir ekin eksa, undan qush, inson yoki hayvon yesa, u unga sadaqa bo‘ladi.” (Imom Buxoriy rivoyati)

Bu hadisdan ayon bo‘ladiki: daraxt ekish – faqat ekologik foyda emas, balki ajru savob manbai hamdir.

Asrash – ozdan boshlanadi

Bugun dunyoda har yili 10 million gektar o‘rmon kesilmoqda. Plastmassa ifloslanishi tufayli har yili 1 milliondan ortiq dengiz qushi halok bo‘ladi. Bu raqamlar hayotimiz xavf ostida ekanini ko‘rsatmoqda.( Statistika ma'lumotlariga koʻra)

Lekin o‘zgarish har bir kishidan boshlanadi. Misol uchun:

Daraxt ekish – hayot ekishdir.

Suvni tejash – baraka demakdir.

Plastmassadan voz kechish – yerga mehr ko‘rsatishdir.

Bir mashhur olim aytganidek

Farzandlarimiz toza havo, sof suv va yashil tabiatda ulg‘ayishini istasak, bugun harakat qilaylik. Tabiat bizning do‘stimiz, u mehrni tushunadi. Uni asraylik – bu nafaqat insoniy, balki diniy burchimizdir.

Yurakdan anglab yashasak, tabiat bilan hamohang bo‘lsak, hayotimiz ham go‘zal bo‘ladi. INSHAALOH

Jamalov Qodirxon 

Ta'lim muassasasi 54 guruh talabasi