Яратилиш санаси 22.06.2025

Yolg'on (feyk) xabar tarqatishning xatari

 Ushbu maqola hozirda jamiyatimiz va ayrim ommaviy axborot vositalari orasida ommalashib, keng tarqalib borayotgan yolg'on xabar tarqatish va uning ortidan keladigan yomon oqibatlar, hamda bu illat qanday yomon ishlardan ekanligi yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: feyk, noxolis, oyat, hadis

"Feyk" so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, "yolg'on" yoki "soxta" degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan yolg'on yoki noto'g'ri ma'lumotlarni ifodalash uchun ko'pincha "feyk xabarlar" yoki "feyk yangiliklar" iboralari ishlatiladi. Bu yolg'on xabarlar odatda moliyaviy yoki siyosiy foyda olish maqsadida tarqatiladi. 

Oksford universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab odamlarning 40 foizi haqiqiy yangiliklarni soxta yangiliklardan ajrata olmaydi.

Dunyo miqyosida odamlarning 57 foizi esa feyk ma’lumotlarga muntazam duch keladi.

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholini sarosima va tashvishga soladigan turli noxolis va yolg'on xabarlar tarqatishga moyil guruhlar paydo bo'lmoqda. Bu juda tashvishli albatta.

Bunga bizning Muqaddas dinimizda nima deyilgan shuni batafsil ko'rib chiqamiz.

Alloh subhanahu va taolo O'zining kalomida: 

{ یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ إِن جَاۤءَكُمۡ فَاسِقُۢ بِنَبَإࣲ فَتَبَیَّنُوۤا۟ أَن تُصِیبُوا۟ قَوۡمَۢا بِجَهَـٰلَةࣲ فَتُصۡبِحُوا۟ عَلَىٰ مَا فَعَلۡتُمۡ نَـٰدِمِینَ }

[Hujurot surasi: 6]

Эй иймон келтирганлар! Агар фосиқ хабар келтирса, аниқлаб кўринглар, бир қавмга билмасдан мусибат етказиб қўйиб, қилганингизга надомат чекувчи бўлманглар. (Агар хабар Аллоҳдан ва Пайғамбар алайҳиссаломдан бўлса, сўзсиз қабул қилиш вожибдир. Қабул қилмаганлар гуноҳкори азим, кофир бўладилар. Ояти каримада Аллоҳ таоло «фосиқ хабар келтирса, аниқлаб» хабарнинг собитлигини текшириб кўришга амр қилмоқда. Аллоҳнинг амрига бўйсуниш вожиб. Афсуски, мусулмонлар ушбу оятга амал қилмаганлари оқибатида катта мусибатларга дучор бўлмоқдалар. Бир хабарни эшитиши биланоқ, суриштирмай, бирор иш қилинса, кейин хабарнинг ёлғонлиги ёки хатолиги аён бўлса, ҳақиқатдан афсус-надоматга сабаб бўлади. Шунинг учун ҳам, Аллоҳ таоло «бир қавмга билмасдан мусибат етказиб қўйиб, қилганингизга надомат чекувчи бўлманглар», демоқда.) va yana

{ وَٱجۡتَنِبُوا۟ قَوۡلَ ٱلزُّورِ } 

[Haj surasi: 30]

Ва ёлғон сўздан йироқ бўлинг

Hadisda esa:

 كَفَى بِالْمَرْءِ كَذِبًا أَنْ يُحَدِّثَ بِكُلِّ مَا سَمِعَ رواه مسلم

 " Eshitgan narsasini gapirish kishining yolg'onchiliga kifoya qiladi."  Imom Muslim rivoyat qilganlar.

 Umar ibn Xattob (r.a) aytadilar: "Odamlarni so‘zlariga qarab emas, amallariga qarab baholanglar."

 Bu so‘zlar yolg‘onchi yoki ishonchsiz kishilarning gaplariga shoshilmasdan, ularning amaliyotiga e’tibor berish kerakligini anglatadi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytganlar: "Haqni bil, shunda haqli odamni taniysan. Yolg‘onni bil, shunda yolg‘onchilardan ehtiyot bo‘lasan."

  Xulosa

Yolg‘on xabar tarqatish nafaqat harom, balki ijtimoiy beqarorlik, adolatsizlik va jiddiy zarar keltiruvchi amaldir. Qur’on va hadislar bu borada musulmonni hushyor, adolatli, haqiqatni izlovchi bo‘lishga chaqiradi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda, telefon orqali yoki boshqa vositalarda har qanday xabarni avvalo tekshirib, so‘ng tarqatish eng muhim ishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Tafsiri hilol

2.Mishkotul masobih

3.Muslim.uz

Is'hoqov Abdulahad
"Hidoya" o'rta maxsus islom ta'lim
muassasasi 2-kurs talabasi