Яратилиш санаси 28.06.2025

May oyi kitobxonlari aniqlandi

Talabalarni kitob bilan ko’proq oshno qilishva yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi o’tkazila boshlandi.

Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinishi o’z samarasini berib kelmoqda. Ushbu musobaqa may oyida ham davom ettirildi. Bu oyda har kuni qo’shimcha tarzda o’n yetti bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi. Kitob o’qishda xatosiz o’qishga harakat qilish va tarjima qilish, o’qigan kitobidan imtihon topshirilmasada lekin mavzulari haqida so’zlab bera olish salohiyatiga ega bo’lish talab etildi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi ko’plab manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi. Bu yo’nalishda esa har kuni 36 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Umumiy natijalarni hisoblaganda arabiy kitob o’qish tanlovida ta’lim muassasa 2-kurs 54-guruh talabasi Ubaydullayev Qobiljon may oyida belgilangan vazifani boshqalardan ko’proq bajargani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi.

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kun kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 48-guruh talabasi Umaraliev Isroil g’olib bo’ldi, va u ham munosib taqdirlandi.

May oyida kitobxonlik bellashuvida jami yetti nafar talaba ishtirok etishdi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda eng ko’p ishtirokchi 2-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan xolda kiyim-kechak, moddiy rag’batlantirish va kitoblar bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi