
Zakovat musobaqasi g’oliblari aniqlanib taqdirlandi
“Hidoya” ta’lim muassasasida fiqh fanidan yangi talqindagi zakovat intellektual bilimdonlar musobaqasi 2024-2025-o’quv yili davomida yanvar oyidan boshlab iyun oyi oxiridagacha bo’lib o’tdi. Unda 6 tur bahslari bo’lib o’tdi.
Unda har bir kursdan 6 nafardan jami 24 nafartalaba jamoalarga bo’lingan holda bellashdilar. Har bir jamoa 4 nafardan talabani o’z ichiga oldi. Jamoani 1-kursdan 4-kursgacha bo’lgan 1 nafardan talabalar to’ldirdilar. 4-kurs talabalari jamoa sardorlari bo’lishdi.Musobaqa har oyda 1 turdan o’tkazib borildi.

Musobaqada asosan Ubaydulloh Mas’ud Tojush shariy’aning “Muxtasarul viqoya” asari matni, undankelib chiqadigan foydalar, 4 yil davomida darsda o’tilgan nazariy mavzular va mantiqiy o’ylab topiladigan savollar asosida bo’lib o’tdi. Bundan tashqari Qur’oni karim va hadisi shariflardagi dalillarning hukmlarini ham o’z ichiga oldi. Qo’shimcha tarzda esa hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari kitobidan foydalanildi.
Umumiy 6 tur hisob-kitoblariga ko’ra 2 ta jamoa a’zolari ballari teng kelgani e’tiboridan har ikkisi g’olib deb e’lon qilindi. Yakuniy musobaqa jadvali quyidagicha:
1-o’rin: Olimxonov Abdumutaal jamoasi---22 ball
1-o’rin: Ibrohimjonov Biloliddin jamoasi---22 ball
3-o’rin: Karimov Kamoliddin jamoasi-------20 ball
4-o’rin: Bojijonov Muhammadamin jamoasi--19 ball
5-o’rin: Bobojonov Samandar jamoasi---------14 ball
6-o’rin: Sa’dullaev Muhammadyunus jamoasi—8 ball







Yil so’ngida g’oliblar homiylarni jalb qilgan holda munosib taqdirlandilar. Bundan tashqari barcha guruh a’zolari ishtiroki uchun alohida sovg’alar bilan mukofotlandilar. Sovrinlarni ta’lim muassasa direktori Qobilxon domla Mirzabaev qutladilar. Shu bilan zakovatning bu o’quv yilgi soni o’z yakuniga yetdi. Yangi o’quv yilidan zakovat o’z ishini davom ettiradi.
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
o’qituvchisi Shodiev Yusufxon