Яратилиш санаси 11.02.2025

Hadis va Sunnat (1-qism)

Hadisning lug‘aviy ma’nosi “so‘z” va “xabar” ma’nosida bo‘lib, isteloh yuzasidan esa Muhammad solallohu alayhi vasallam ga nisbat berilgan so‘z, fe’l va taqrirga ishlatiladi. Yana bir ma’noga ko‘ra hadis-qadim bo‘lmagan degan ma’noni bildiradi. Bu ma’noga ko‘ra hadis Allohning qadim kalomi bo‘lgan Qur’onga muqobil, ya’ni Qur’ondan boshqa so‘z deya mulohaza qilingan:[1] 

 Hadis ilmi bilan mashg‘ul bo‘lib, asosan hadisni Payg‘ambar solallohu alayhi vasallamdan qaysi yo‘llar bilan, kimlar orqali rivoyat qilinib, o‘zlarigacha yetib kelganini aniqlaydigan olimlar (muhandislar)ga ko‘ra Hadis, Xabar, Asar so‘zilarining uchchalasi ham bir ma’noni anglatadi.[2] 

Nabiy solallohu alayhi vasallamga nisbat va izofa berilgan “so‘z” (ya’ni Qur’ondan tashqari so‘zlangan so‘zlar, o‘zlaridan sodir bo‘lgan ish, taqrir va ahvollari) demakdir.[3] 

Sunnatni arabiy lug’atda: 

السنة فى اللغة: السيرة حسنة كانت او قبيحة.

Ya’ni, sunnat lug’atda: “yaxshi bo‘lgan siyrat yoki yomon” deyiladi.

Yana boshqacha ta’riflari ham bor. 

Sunnat so‘zi lug‘aviy ma’noda arab tilida “tariqat-ma’naviy yo‘l” deganidir. Falonchining sunnati degani uning hayotiy yo‘li, deganidir. Shundan kelib chiqib, Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamning sunnatlari deganda tariqatlari, yo‘llarini tushunamiz.

Sunnat muhaddislar istilohida quyidagicha ta’riflanadi: “Payg‘ambar solallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlari va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar “Sunnat” deyiladi.[4]

1. “Gap” - bunga Payg‘ambar solallohu alayhi vasallamning turli holat va munosabatlarda aytgan gaplari kiradi. Masalan: “Albatta amallar niyatlarga bog‘liqdir…” deganlari.

2. “Ish” - Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamning qilgan ish-amallari tushuniladi.Masalan: Tahorat olishlari,namoz o‘qishlari, hajni ado qilishlari va hakazo boshqalar.

3. “Taqrir” - Payg‘ambar solallohu alayhi vasallamning sahobai kiromlar tomonidan sodir bo‘lgan ba’zi narsalarni ma’qullashlaridan iborat. Masalan: Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yuborgan bir to‘p lashkarlarga bosh edi. Borgan joyida junub bo‘lib qoladi va sovuqdan qo‘rqib, g‘usl qilmasdan, tayammum bilan namoz o‘qiydi. Uning sheriklari buni Rasulluloh solallohu alayhi vasallamga yetkazadi. Shunda Rasululloh solallohu alayhi vasallam Xolid ibn Valid roziyallohu anhuning qilgan ishini ma’qullaganlar. Ma’qullash ma’qul deb aytish bilan yoki inkor qilmay, indamay qo‘ya qolish bilan ham bo‘ladi.

Axunjanov Qobilxon

ta'lim nmuassasasi o'qituvchisi