«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!»
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami hamda 2025–2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bugun, 3 sentyabr kuni, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshed Xotamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyatibosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda o‘qituvchi-mudarris, xodim va talabalar ishtirokida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida ochilish tadbiri tashkil etildi. Tadbirni muassasa xodimi Abdurahmanov Davron ochdi va olib bordi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi, so‘ngidan Qur’oni karim tilovati o‘qilib, talabalar va xalqimiz farovonligi uchun yaratgandan madad so‘rab duo qilindi.


Tadbirni ochib berish va yangi o‘quv yili bilan hamda 1-kurs talabalarini tabriklash uchun so‘z Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshed Xatamovga berildi. Notiq barchani bayram bilan tabriklab, farzand tarbiyasi, odob-axloq, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish borasida muhim fikrlar bildirdi.



Keyingi so‘z navbati Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov esatalabalarga pand-nasihatlar berib, yaxshi xulq-atvor va ma’naviyatning ahamiyati haqida so‘zladi hamda yangi o‘quv yili xayrli va barakali bo‘lishi uchun duo qildi.





So‘ngi s‘oz ta’lim muassasasi direktori Qobiljon domla Mirzabayevga berildi. Notiq o‘z so‘zida: “Avvalambor barchalaringizni Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami va yangi 2025–2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘MI rahbariyati, ta’lim muassasasi jamoasi hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Alloh taolo bu saodatli va qutlug‘ ayyomni barchamizga muborak aylasin!” — deya ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, islomdini ravnaqi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab, ularga kelgusida omadlar tiladi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati