Yangi oʻquv yilining ilk darsi
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami hamda 2025–2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida ochilish tadbiridan soʻng yangi oʻquv yilining ilk darsi "Mustaqillik darsi" boʻlib oʻtdi.









Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshed Xatamov 1-2 bosqich talabalariga Mustaqillik darsini oʻtib berdi. Dars davomida talabalarga
- Mustaqillik: Milliy o‘zlik va g‘urur timsoli
- O‘zbekiston suvereniteti va zamonaviy taraqqiyot bosqichlari
- 2025-yilda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va natijalari
- Diniy- ma’rifiy sohadagi islohotlar mavzulari borasida muhim fikrlar bildirdi.
Dars soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati