Яратилиш санаси 03.09.2025

“Qur’on va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi davrasi boshlandi

Joriy yil 3-sentyabr kuni “Qur’on va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi davrasi boshlandi. 

Shu munosabat bilan ta’lim muassasasi direktori Qobiljon Mirzabayev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv kursi o‘qituvchilari va o‘quv kursi uchun chaqirilgan 90 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda faxriy mehmon sifatida Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xatamov hamda Namangan viloyat bosh imom xatibi Musoxon Abbositdinovlar ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasasi direktori yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan islohotlar, xususan ushbu islohotlar samarasi bo‘lgan "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursi faoliyati, maqsadi va belgilangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mehmonlar Mustaqilligimiz sharofati bilan mana shunday o‘quv kurslar ochilganligi, buni qadriga yetishimiz kerakligi, o‘quv kurslaridan oqilona foydalanishimiz, yurtimizdagi islohotlarga ijobiy munosabatda bo‘lishimiz, islom dinini mohiyati to‘liq tushunib olishimiz kerakligi haqida alohida toʻxtalib o‘tdilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati