Яратилиш санаси 15.10.2026

TAʼLIM MUASSASASIDA “YAGONA OLIMPIADA”NING SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI

“Hidoya” o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasi talabalari o'rtasida 2026-2027 o'quv yili “Yagona olimpiada”sining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda taʼlim muassasasining bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan, o‘quv yili davomida barcha fanlarni aʼlo baholarga o‘zlashtirib kelayotgan talabalar ishtirok etdilar.

Sinov jarayonlari mutaxassislik va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha shaffoflik hamda haqqoniylik tamoyillari asosida tashkil etildi. Unda talabalarning nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlash doirasi va olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Bellashuv yakuniga ko‘ra eng yuqori natijani qayd etgan iqtidorli talabalar olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.


“Hidoya” o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati