Яратилиш санаси 10.10.2026

Dual ta’lim: talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash yo‘lida

🔺 “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida joriy o‘quv yili boshidan bitiruvchi kurs talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni kelgusi faoliyatga tayyorlash maqsadida dual ta’lim doirasida qator tashkiliy hamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔺 Hozirgi kunda 35 nafar talaba 7 ta masjid va 7 ta mahallaga biriktirilgan holda amaliy faoliyat olib bormoqda.

▫️ Talabalar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqda:

📤 Aholi bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda samarali ish olib borish;

📤 O‘quv jarayonida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

📤 Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda yoshlar tarbiyasiga oid tadbirlarda ishtirok etish.

🔺 Shu bilan birga, talabalarning dual ta’lim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish, amaliyot daftarlarining to‘g‘ri va muntazam yuritilishini tekshirish, mas’ul ustozlar, murabbiylar hamda targ‘ibotchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 Dual ta’lim tizimi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, ularda zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va mas’uliyat hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotning masjid va mahallalarda tashkil etilishi hamda nazorat jarayonlarining tizimli yo‘lga qo‘yilishi talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati