
Kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi!
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida sentabr oyi “Mavlidun Nabiy, Islom tarixi va Yangi O‘zbekiston tarixi” fanlari oyligi deb e’lon qilingani munosabati bilan fanga oid adabiyotlarlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, talabalarni kitoblar bilan tanishtirildi.


Ushbu kitoblar ko‘rgazmasida ta’lim muassasasida islom tarixi fanidan darslik bo‘lgan Muhammad Huzoriyning “Nurul yaqin fiy siyroti sayyidil mursalin” kitobining bir necha nashrlari, ushbu kitobga yozirlgan sharh “Al fathul mubin sharhu nuril yaqin fi siyroti sayyidil mursalin” kitobi hamda “Itmamul vafo fiy siyrotil xulafo”ni ham talabalarga tanishtirib o‘tildi.




Qolaversa ushbu kitob ko‘rgazmasida islom tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Al-bidoya vannihoya”, “Siyaru a’lamin nubalo” kabi kitoblar, Muhammad ibn Hishomning “As Siyra an Nabaviya”, Safiyurrihman Muborakfuriyning “Ar Rohiq al Maxtum”, Imom Tabariyning “Ta’rixi Tabariy”, Muhammad Aliy Sobuniyning “Nubuvvat va Anbiyo”, Qozi Iyozning “ash Shifo bita'rifi huquqil mustafa” kitoblari haqida ham tanishtirib o‘tildi. Bundan tashqari siyrat faniga oid zamonaviy kitoblar haqida ham tanishtirildi.
Ta’lim muassasasi matbuot xizmati