Яратилиш санаси 07.10.2025

“Yil kitobxoni” taqdirlandi

Kitob inson ma’naviyatini yuksalishida, komillik sari qadam qo’yishida eng katta yo’lboshchidir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochiladi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Shaxs sifatida unib-o’sadi. Bunga davlat siyosati darajasida bo’lgan e’tibor, inson zavqini yanada oshiradi. Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir.

O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash milliy dasturi hamda “Yoshlar bo’sh vaqtini kitob bilan band qilish” maqsadida O’zbekiston Musulmonlari idorasi “Hidoya” o’rta islom ta’lim muassasasida 2024-2025-o’quv yili oktyabr-iyun oylarida barcha talabalar “oy kitobxoni” tanlovi o’tkazildi.

Musobaqa shartlariga ko’ra har kuni darslikdan tashqari belgilangan miqdorda qo’shimcha arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi. Har oyda natijalar hisoblanib g’olib aniqlab borildi. Yillik umumiy hisob-kitobga ko’ra hammadan yuqori natijani qayd etgan xozirda 51-guruh 4-kursda tahsil olayotgan Abduvohidov Muhammadyusuf faxrli 1-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Abduvohidov Muhammadyusuf yil davomida; 

1) “Munyatul Musolliyn” 200 bet
2) “Alaa manhajin nubuvva” Adham Sharqoviy 364 bet
3) “Nafhul aatir min soydil xotir” Ibn  Javziy 90 bet
4) “Rosailun minal Qur'aan” Adham Sharqoviy 230 bet
5) “Sharhul Ajurrumiy” Xolid al-Azhariy 270 bet
6) “Adabu Tolibi ilm” 117 bet
7) “Muhammadur Rosululloh” Abdulloh Sirojiddin Husayniy 460 bet
8) “Qisosun minal hayat” Aliy Tantoviy 202 bet
9) “Min kunuzis sunna” Aliy Sobuniy 253 bet
10) “Al mustafaad min Qisosil Qur'aan” 40 bet
11)“Kalimatun Sog’iyr”Aliy Tantoviy 290 bet
12)“Al insan musayyar am muxoyyar”Ramzon Butiy 240 bet
13)“Sharhu Fiqhul akbar”Imom Mag'nisoviy 107 bet
14)“Kifoyatul mubtadiy”Yunus Amruh Talviy 117 bet
15)“Usulul ifto va aadabuhu”Shayx Taqiy Usmoniy 360 bet
16) “Madxol ila falsafatuddiyn”Dr. Aliy Mahmud Aliy Umariy 107 bet
17)“Nubzatun min mo’jizatin nabiy”Abdulloh ibn Uda Qoddumiy 122 bet
18)“Tazkiratus somi’ val mutakallim” Badriddin ibn Jamoa 198 bet
19)“Tavba” Muhammad Mutavvalli ash-Sha’roviy 300 bet
20) “Attoriyqu min huna” Muhammad G’azzoliy 127 bet
21)“Sharhul arbaiyn” Imom Taftazoniy 171 bet

kabi 20 dan ortiq kitobni tamomlab, jami to’rt ming to’qson besh (4095) bet kitob o’qidi.

Yangi 2025-2026-o’quv yili boshida Abduvohidov Muhammadyusuf ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan maqtov yorlig’i va 1.000.000 (bir million) so’m pul mukofoti sertifikati bilan taqdirlandi. Musobaqa bu o’quv yiida ham davom etadi.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi