Яратилиш санаси 07.11.2025
Ta'lim muassasasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 7-noyabr "Hidoya" o‘rta maxsus ta’lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassislari Sherzod Choʻlponov hamda Muhammadyahyo Xodjayevlar tashrif buyurdilar.






Mehmonlar ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, pedagog-o‘qituvchilar bilan suhbat o'tkazdilar.
Uchrashuv davomida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilimlar, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni ta'lim - tarbiyasi hamda ilmiy izlanishlari borasida fikr almashildi.


