“Fan oyligi musobaqa g’oliblari mukofotlandi”
Barchaga ma’lumki O’zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha islom ta’lim muassasalarida har oyda rejada tasdiqlangan fanlardan fan oyliklari o’tkazilib kelinadi. Anashu an’anani davom ettirgan holda “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyi “Fiqh, usulul fiqh, xatoba va huquqiy madaniyat” fanlari oyligi deb e’lon qilingan edi. Shunga muvofiq bu oyda belgilangan fanlardan davra suhbati, kitob ko’rgazmasi va ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu fanlarga talabalar qiziqishini yanada oshirish uchun fiqh fanidan “Muxtasarul viqoya” kitobidan tahorat bobini yodlash bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi. Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada tahorat bobini hammasini to’liq yodlab berishi lozim edi. Yakunda ushbu shartni bajargan talabalar orasidan g’oliblikni qo’lga kiritgan uch nafar talaba sovrinli o’rinni egalladilar. Bular:
1-o’rin: 2-kurs, 57-guruh talabasi Miraliyev Muhammadsharif jami 100 ball.
2-o’rin: 2-kurs, 56-guruh talabasi Anvarov Bobur jami 99 ball.
3-o’rin: 2-kurs, 57-guruh talabasi Abdurazzaqov Abbos jami 99 ball.
o’zaro kichik farq ila o’rinlarni egalladilar.




Sovrindor bo’lgan talabalar ta’lim muassasa ustozlari tomonidan kitob bilan taqdirlandilar. Sovrinli o’rinlarga kira olmagan qolgan ishtirokchilar o’rinlari qo’yidagicha:
4-o’rin: 2-kurs, 57-guruh Yusufxonov Saidkamoliddin-98b ( 2ta xato )
5-o’rin: 2-kurs, 56-guruh Alisherov Hasanboy-98b ( 5ta xato )
6-o’rin: 3-kurs, 54-guruh Is’hoqov Abdulahad-93b ( 10 ta xato )
Bu musobaqaning birinchi bosqichi edi. Ikkinchi bosqish esa dekabr oyidan davom ettiriladi. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi.
Yusufxon Shodiev
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim
muassasasi fiqh fani o’qituvchisi